18
Loyihalashtirish – tarbiyachi yoki murabbiylarning bolalar bilan
o’tkaziladigan mashg’ulotni o’tkazish va bunda qo’llaniladigan shakl, usul va
uslublardan foydalanish amalga oshirish ketma – ketligining amaliy jihatini
ta’minlaydi.
Pedagogik mahorat – bu tarbiyachi yoki murabbiyning pedagogik kasbiy
bilim, ko’nikma va malakalarining uyg’un holatdagi faoliyatidan iborat bo’lib, u
maqsadni aniq qo’yish, vazifalarni
puxta belgilab olish, ta’lim – tarbiyaviy
jarayonni mukammal tashkil etish, bolalarni qiziqtirish va ulardagi mashg’ulotga
mustaqil qatnashish hamda ijodiy ishlashga xohish uyg’otish, bolalarning
imkoniyatlarini to’g’ri belgilay olish va ularning mashg’ulotga ehtiyojlarini to’g’ri
belgilay bilish uchun har qanday tarbiya shakl, usul va uslublardan samarali
foydalanishlari orqali baholanadi.
Ular asosida mashg’ulot jarayonini nazorat qilish boshlanadi va joriy hamda
oraliq natijalari monitoringi olib boriladi.
Umumlashtirish qismida natijalar tahlili asosida
xulosaviy fikr
shakllantiriladi. Unda quyidagi savollarga javob izlanadi:
nima yaxshi-yu, nima yomon?
nima yoqdi-yu, nima yoqmadi?
kim yoqdi-yu, kim yoqmadi (ertak yoki videofilm qahramonlari bo’yicha
ham bo’lishi mumkin)?
nimani olib qolish kerak-u, nimadan voz kechish kerak?
kim faol-u, kim ajralib qoldi?
bolalar nimani o’rgandi-yu, nimalarga befarq bo’lib qoldi?
kimlar faol bo’ldi-yu, kimlar ahamiyatsiz bo’lib qoldi va h.k.
Demak, bola tarbiyasida MTM ning ahamiyati katta. Hattoki, onalari uy
bekasi bo’lgan xonadon bolalari uchun ham ahamiyatlidir. Bu haqda quyidagi fikr
ahamiyatlidir.
Taniqli pedagog Xoji Muin (1883 - 1942) bolalar bog’chasining bola
tarbiyasidagi nechog’lik
zarurligini uqtirib, bolalarning ko’pchilik ota – onalar
kabi to’rt – besh yoshdanoq maktabga berish o’rniga bolalar bog’chasiga berish
lozimligi haqida ko’plab qimmatli fikrlarni bildirgan. Jumladan, “.... Bolani yosh
chog’ida ko’ngli xohlamaydirg’on biron ishga majbur qilishsa, badani oriq bo’ladi.
Dimog’
va miyasiga halal keladir, qoni buziladir, a’zosi o’sishdan qoladir va
boshqa kasalliklarga uchraydir... .
Bolalar bog’chasining
birinchi foydasi bolalarni mazkur hollardan, ya’ni 4 –
5 yoshdanoq maktabxonalarga qatnash, yoshiga nomunosib o’quv – yozuv ishlari
bilan mashg’ul bo’lishdan – ona – onani behuda tashvishlardan qutqarmoqdir,
ikkinchi foydasi
bolalarni yaxshi tarbiya qilib, lozim ishlarga o’yin yo’li bilan
o’rgatib, maktabdan burun maktabga hozir qilmoqdir”, deb yozgan edi Xoji Muin
[28. 302 – b.].
19
Demak, MTM dagi bolalar faoliyatini
chinakam bolalik davri, deb atash
mumkin. Shuning uchun ham bolalik buyuklik va ezgulikka yo’g’rilgan bo’ladi.
Bunga sabab bu davr bolalarning beg’am,
betashvish, o’yin – to’polonlari
g’uborsiz, yuragi toza, fikri – xayoli musaffo, muomala – munosabatlari samimiy
bo’lgan davridir. Ularning shaxs yuksalishiga va taraqqiyotiga, uning kelgusida
jamiyatni harakatlantiruvchi kuch bo’lib yetishishiga qo’yilayotgan
tamal toshi
bo’lishi mumkin.
Tadqiqotimizning ushbu qismida xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki,
bolalar ta’lim – tarbiyasiga oilada ham, MTM da e’tiborni kuchli qaratish lozim
bo’ladi. Bunga yetarlicha asos bor. Bu borada birgina dastlabki asoslarni e’tiborga
oladigan bo’lsak, ular tinimsiz kattalarga taqlid qiladi, ular hattoki o’yinchoqlar
tanlash va o’ynashda ham faqat ulg’ayish ehtiyojlarini qondiradigan jarayonlar
to’g’risida bosh qotiradi.
Demak, ota – onalar va MTM dagi tarbiyachi va
murabbiylar farzandlarning
qanday muhitda shakllanishiga va bunday jarayonlardagi bolaning istiqbolli
ehtiyojlarini qondirishga burchlidurlar va bu sohada ularga ko’maklashishga
insoniylik jihatdan mas’uldirlar.