www.ziyouz.com kutubxonasi
8
Maxtumquli, kimki ichin sof etmas,
Ma’lumdirki, oxiratdan xavf etmas,
Ojiz tani o‘tli gurzga tob etmas,
Yo Rab, qanday bo‘lur holi bandaning?!.
Hazrati Jaloliddin Rumiy, Nasimiy, Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy, Boborahim
Mashrab, Muhammadrizo Ogahiy singari yuzlab mumtoz shoirlar she’riyatida esa komil
iymon, ishqi ilohiy porlab turadi. Bu mustasno shoirlar silsilasida Maxtumquli Firog‘iyning
o‘z maqomi bor... Shoirning majoz kuychisi emas, balki Xoja Ahmad Yassaviy, So‘fi
Allohyor singari haqiqat kuychisi ekani uning xalq ommasi orasida g‘oyat sevimli
bo‘lishining sabablaridan bo‘lsa, ajabmas.
Haq yo‘lidagi haqiqiy iymon sohiblari uchun she’riyat ezgulik, go‘zallik, poklik va halollik,
taqvo va sadoqat, fayzi ilohiy samarasidir. Chunki hadisi sharifda aytilganidek,
"Hikmatning boshi Allohdan qo‘rquvdir" va yana: "She’rda, albatta, hikmat bor". Hikmat
esa Allohning xos ikromidir. Chunonchi, Qur’oni karimning Baqara surasi, -oyatida Alloh
taolo: "U (Alloh) O’zi xohlagan kishilarga hikmat ato etur. Kimgaki hikmat berilgan
bo‘lsa, bas, muhaqqaq, unga ko‘p yaxshilik berilibdi" deb marhamat qiladi. Hikmat –
sog‘lom aqlga, sog‘lom qalbga, iymon-e’tiqod va ilmu irfonga muvofiq so‘z, barcha diniy
va dunyoviy narsalarning haqqoniy hukmlaridir. Maxtumquli, shubhasiz, ana shunday
sohibi hikmat zotlardandir.
Maxtumqulining butun ma’rifati, islomiy muhabbati, ishqi, shavqi, qayg‘usi she’rlarida
aks etadi. She’riyat shoir qalbining ko‘zgusidir.
Maxtumquli she’riyati bani basharga qilingan otashin va ma’rifiy xitoblardan iborat.
Maxtumquli she’riyati Qur’oni karim va hadisi shariflar ma’nolarining she’riy sharhidan
iborat.
Maxtumquli she’riyatining bosh yo‘nalishi: iymon-e’tiqod, o‘lim va hayot, qiyomatning
haqligi, dunyoning foniyligi va oxiratning boqiyligi, ogohlik bilan oxiratga hozirlik
ko‘rmoq zaruriyati kabi ezgu g‘oyalardir.
Maxtumquli, sen dam-badam
Oxirat sari ur qadam.
Yaxshi-yomon – barcha odam
Ajalning giriftoridir.
Maxtumquli she’riyati ezgulikka da’vatdir. Foniy dunyoga aldanmang, deydi shoir.
Ma’lumotlarda Maxtumquli yoshlikda Menglixon ismli qizni sevgani, lekin unga uylanish
nasib qilmagani, keyin shoir Oqqiz ismli ayolga uylanib, undan ikki o‘g‘il ko‘rgani,
farzandlari yoshligida o‘lib ketgani zikr qilinadi. Mashhur sharqshunos Ye.E. Bertels:
"Bunday judolikdan keyin oilaviy hayot shoirga lazzat bera olmagani haqiqatga juda
yaqin", degan fikrni bildiradi. Insoniy jihatdan qarasangiz, bu fikr to‘g‘riga o‘xshaydi.
Ammo mustashriqning: "Ehtimol, Maxtumqulining ko‘pchilik she’rlaridagi g‘am-alam
ohanglariga shoirning oilaviy baxtsizligi ham sabab bo‘lgandir", degan fikri
Maxtumqulining ma’rifati, ishqi, dardi va g‘oyalarini to‘liq tushunmaslik natijasidir. Olim
keltirgan:
Jahongashta devonalar,
Men kabi hech yongan bormi?
Ishq qurboni – parvonalar,
Saylanma. Maxtumquli
Do'stlaringiz bilan baham: |