www.ziyouz.com kutubxonasi
4
Bul yerda erlar bor, ko‘rgil!" dedilar.
Nazarim tushganda ul to‘rt mardona,
Ko‘nglim jo‘sha keldi, boshim gardona, -
deya shoir ma’no olamida erlar – valiy zotlarni ko‘rib, ko‘ngli jo‘sh urib, boshi
aylanganini aytib, his-hayajonini izhor etadi. Ma’no olamidan Maxtumquliga insonlarni
she’r bilan Haqqa da’vat etish izni va iste’dodi berilgani manzuma zamirida ifodalangan.
Bu "O’g‘lon, Alloh yoring, borgil, dedilar" satridan ham anglashiladi.
Ye.E. Bertels bu she’rni A.S. Pushkinning "Prorok" ("Payg‘ambar") nomli she’ri bilan
taqqoslab, mushtarak va farqli jihatlarini topishga uringan. Chunki, unda ham "Turgil, ey
Payg‘ambar, chorla, da’vat et!" degan xitob bor. Ammo Pushkinning "Payg‘ambar" she’ri
aslida hazrati Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqlarida bo‘lib, unda, shaqqi sodr,
ya’ni, bolalikda hazrati Payg‘ambarimizning ko‘kraklarini farishtalar yorib, qalblarini
poklagani, keyin esa ko‘ksilariga hikmat to‘la cho‘g‘dek oltin jom joylaganlari hamda
vahiy voqealari, u zotga insonlarni ogoh etib, Haqqa da’vat qilish amr etilgani
ifodalangan. She’rdagi: "Vosstan, prorok, i vijd, i vnemli" ("Turgil, ey Payg‘ambar,
chorla, da’vat et") satri "Muddassir" surasidagi "Qum fa anzir" – "Tur va ogoh et!"
oyatidan olingan. Pushkin yozadi:
Yotardim kimsasiz yobon ichinda,
Menga vahiy keldi Allohdan shunda:
"Turgil, ey Payg‘ambar, chorla, da’vat et,
Irodamga bo‘ysun, bas, tamomila;
Sen barru bahrni kezib, irshod et,
Insonlar qalbin yoq, haq Kalom ila!"
Pushkin Qur’oni karim tarjimasini o‘qib, "Podrajanie Koranu" ("Qur’ondan iqtibos")
she’riy turkumini yilda yozgan bo‘lsa, oradan ikki yil o‘tib, yilda "Payg‘ambar" degan
she’rini bitgan. Demak, bu orada u hazrati Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning hayotlarini ham
o‘rgangan, deyish mumkin. Ammo she’rda Payg‘ambarga mos bo‘lmagan nojoiz so‘zlar
ham borki, bu ifodalar shoirning o‘z shaxsiga oiddir. Negaki, u she’rning ilk nusxasida
so‘nggi baytni o‘z-o‘ziga xitob qilish bilan yakunlagan. Keyin qayta ishlab, Qur’on oyati
ma’nosini ifodalagan.
Maxtumqulining "Turgil, dedilar" she’ridagi tafsilot zohiran hazrati Payg‘ambarimiz
voqealariga o‘xshagani uchun Bertelsni qiziqtirib qolgan. Holbuki, Hazrati
Payg‘ambarimiz voqealari vahiyga va Qur’onga asoslangan, Maxtumquli voqeasi esa
ma’no olamidan yetgan xabardir. She’rlarda o‘xshashlik yo‘q, voqealarda o‘xshashlik
bor. Bas, Bertelsning taajjubi ilmga asoslanmagan, balki zohiriy o‘xshashlikdan tug‘ilgan
mulohazalardir.
* * *
Maxtumquli o‘z davrida bosqinchilar zulmi ostida qolgan xalqni birlashtirishga, yurtni
tashqi va ichki dushmanlardan ozod etishga o‘z iste’dodi bilan harakat qildi. Shoir
yozadi:
Saylanma. Maxtumquli
Do'stlaringiz bilan baham: |