Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/144
Sana05.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#319931
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   144
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
34
boshladi. 
Har nafas bir joyni kezib yurganlarida nogahon g'alati bir butxona namoyon bo'ldi. 
Uning toqi osmon gumbaziga yetar, juftu toqida esa ko'pgina sirlar yashiringan edi. Bu 
binoning toshlari g'am va mashaqqat tog'idan keltirilgan bo'lib, g'ishtlari dardu balo 
tuprog'idan yasalgan edi. Bu g'ishtlar yuz xil murakkab usullar bilan har xil rangdagi 
bo'yoqlar berib pishirilgan va turli go'zal naqshlar bilan terilgan edi. Bino boloxonasining 
ayvonchasida fitnalar qarab turar, ular kishilarni chorasiz holga solib, ulardan 
qutulishning sira iloji bo'lmasdi. Binoning har bir darchasi ishq nuridan yorishib turar, 
lekin bu darchalarda turli balolar maskan tutgan edi. Kunguralari imonga raxna solar, 
barchasi ishq dog'ini oshkor etar edi. Har kunguraga terilgan toshlar ishq tig'idan 
kesilgan boshlarga o'xshardi. Bu toshlar din ahli boshini uchirib yuborish, olam uzra 
toshbo'ron qilish uchun mo'ljallangandek edi. Darvozasi fitna to'dasi yurib o'tadigan joy, 
fitnagar toqi esa bu hunarda falakdan andoza olardi. Bu darvozaning halqa va zanjirlari 
yuz ming nayrangdan iborat bo'lib, ular savdo halqasiga o'rab, devona qilar, telbadek 
zanjiriga bog'lab tashlar edi. 
Bu binoning ichida ishq o'ti yoqilgan yuzta otashkada bor bo'lib, ularning har birida 
yuz tuman savdoyi mavjud edi. Ulardan chiqayotgan qora tutunlar butxona ustini xuddi 
kufr va isyon zulmati kabi qoplab yotardi. Bu ko'hna dunyo shuncha aylangani bilan bu 
xil ajib butxonani hanuzgacha ko'rmagan edi. 
Bu yerga kelganda Shayx jismida harorat ko'tarildi, ko'ngli iztirobdan betoqat bo'la 
boshladi. Har dam unga xastalik yuzlanib, ko'zi o'ngida qandaydir bir o'zga olam 
namoyon bo'la boshladi. U har tomonga parishonhol qarab yurganida, ko'zi beixtiyor bir 
tarafga tushdi. Uning qarshisida yuziga parda tortgan bir go'zal paydo bo’ldi. Bu parda 
go'yo uning quyoshdek yuzini berkitib turgan ufqdagi kamalakka o'xshardi. Shu payt 
shamol kelib, uning yuzidagi pardani ko'tarib yubordi va bu quyosh nuri har tomonga 
yoyilib ketdi. Uni quyosh deb atama, balki yuz quyosh ham unga devona bo'lib, uning 
husni shami atrofida parvonadek edi. 
Bu go'zal qizning qaddu qomati go'yo suratdagi ruhning o'zginasi bo'lib, undan har 
lahza ruhda o'zga holat yuz berardi. U hur suratli ajoyib bir parizod, gul yonoqli ozoda 
bir sarv edi. Ko'rinishi ruhni o'ziga maftun etar, shakli shamoyili esa kishini yuz xil 
shaklga sola olardi. Suratidan hur va parilar ham hijolat chekar, tal'atidan sharq quyoshi 
ham uyalardi. Yuzi nur sochib turar, sochi zulmat kabi qop-qora edi. Bu nur va zulmat 
go'yo kufr va imondan nishona berardi. Yuzi uzra mushk taratuvchi zulfi yoyilib turar, 
go'yo bu zulmat ichra nurning yashiringanini eslatardi. Sochi nur ahliga zulmat olami 
bo'lib, unda savdo ahlining buyuk bir o'lkasi bekingandek edi. Xuddi yangi oy devonani 
hayratga solgandek, uning qoshi ham savdoyi kishilar uchun yangi oy kabi tuyulardi. 
Qoshining toqi — qabog'idagi ko'zi xuddi o'sha butxona toqisi ostida turgan go'zal 
qizning o'zginasidek ofatli edi. Ko'zi tevaragida fitna ahli kabi kipriklari har tarafga saf 
tortib turardi. Ko'zining pastida "balo" so'zining ostida yozilgan nuqta kabi bir holi bor 
edi. O'sha balo ostida va yuz ustidagi xollarni bu ikki so'zga qo'yilgan nuqtalardan misol 
deb bil. 
Og'zi g'ayb sirlaridan nishona berar, ammo o'zi g'ayb ahli kabi benishon edi. Labi 
xasta jonlar uchun malham bo'lar, nutqida Isoyi Ruhulloh dami bor edi.Uning kayf 
beruvchi labi yoqut kabi qizil rangda bo'lib, uning shirin so'zlaridan xasta jon oziq olardi. 
Uning kulgichlarida yuz ming jon asir, bag'baqasining chuqurchasida esa yuz Yusufi 
Kan'on  tutqun  bo'lar  edi.  Agar  u  bu  chohga tushganlarni qutqarish uchun zulfidan 
kamand tashlasa, bu kamand ularni yanada ko'proq o'ziga bandi etardi. lyak aylanast 
xuddi bag'baqa ostidagi "nun"ga o'xshaydi, go'yoki obi hayvonga gumbaz bo'lib xizmat 
qiladi, ammo u qadar baland emas. Ham uning qaddi niholiga jon jilvalanadi, ham xirom 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
 
 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish