www.ziyouz.com
кутубхонаси
24
LIII
Hikoyat
Bir yo'l aro ikki o'rtoq ketib borardi. Ulardan biri yo'lsiz, ikkinchisi esa tariqat
bilimdoni edi. Biri nuqsonli, ikkinchisi esa komil sifatlar egasi bo'lib, unisining oti
Mudbir(baxtsiz), bunisining oti esa Muqbil(iqbolli) edi. Ulardan har birining ismi jismiga
munosib bo'lganidek, jismi ham ismiga mos edi. Muqbil iloh ahllari haqida, dindagi komil
va ogoh kishilar to'g'risida so'z aytsa, Mudbir esa butni vasf etuvchi kofirlarga o'xshab
faqat nuqson ahli haqida so'z yuritardi. Unisi dardu o'rtanishlardan gapirsa, bunisi
yaltiroq tashqi ko'rinishlar haqida valdirar edi. Shu tariqa ular bir-birlaridan hech bahra
topmay, yo'lda davom etishardi. Ular qarshisida bir go'zal shahar namoyon bo’ldi.
Hamrohlar uni g'animat bilib. tezda bir-birlaridan ajralib ketdilar. Muqbil faqrlar
turadigun ko'chaga, Mudbir esa ko'ngilochar uy - fohishaxonaga yo'l oldi.
Mamlakat shohi Muqbilga yuz hurmat va ehtirom ko'rsatib, uni ko'rgani keldi. Shoh u
bilan suhbatlashib turganida yomon xulqli Mudbirni bir guruh odamlar sudrab kelishdi va
uning qilmishidan arz etishdi. Aytishlaricha, bu kecha bir to'da bezorilar ichib, ayshu
ishrat qurishibdi. Ulardan biri Mudbirga "Sen badbasharasan" degan ekan, shu so'zi
uchun bu ablah o'sha odamga xanjar urib, halok qilibdi.
Shoh buni eshitgach. odillik ko'rsatib, Mudbirdan qasos olish haqida hukm chiqardi.
Kamtar kishi (Muqbil) ana shu tarzda shoh suhbatiga musharraf bo'lib, oliy
martabaga erishdi. Xudbiri(Mudbir) esa shu yanglig' jazosini topdi. Darhaqiqat, uchqun
yuksak osmon sari ko'tariladi. yaltiroq chivin bo'lsa axlat ustida qoladi.
LIV
Qarchig'ay uzri
Qarchig'ay o'z changali va tumshug'ini ko'rsatib, shunday dedi:
— Men boshqa qushlarga o'xshamayman, balki barcha qushlar egasi hisoblanaman.
Shu paytgacha senga so'z aytib, uzr bildirgan qushlarning hammasi meniing
ovqatimdirlar. Men shohlar qo'lida orom olaman, ular har kun menga ovqat berib
turishadi. Qaysi bir qush qasdida qanot yozsam, u menga o'lja bo'ladi. Hatto nasri toyir -
qirg'iy bo'lsa ham mendan qutulishi maholdir. Shohlar oldida shunchalik e'tibor topdim;
shavkatim amalda shubhasiz. Simurg'nikidan kam emas. Shoh qo'li - mening taxtimu
boshimda toj bo'lgach, Simurg' sari borishimga menda ehtiyoj yo'q!
LV
Hudhudning Qarchig'ayga javobi
Hudhud shunday dedi:
— Ey g'urur qo'lida past bo'lib, jahl va g'aflat aro tuban ketgan. Shuni bilki, shoh
tugul oddiy bir ovchi ham sening oyog'ingga tushov solib, o'z huzurida tutadi. Ochlik va
uyqusizlikdan shu darajaga yetgansanki, hatto eting suyagingga borib yopishgan.
Oldingga bir luqma et tashlagunga qadar toqatsizlik bilan faryod qilib, odamlar qulog'ini
qomatga keltirasan. Zoti past odamlarga muhtoj bolib, xor-zorlikda kun kechirib, Alloh
ajratgan nasibangni yeb yurasan. Sen qaysi bir ovni qo'lga kiritsang, o'ljangni ushlagan
zahotiyoq ovchi nog'ora chalib, seni quvlab yuboradi. Sen o'zingdan kuchsizroq bir
o’ljaga hamla qilib, ochofatlik bilan uni ov qilasan. Ushlagan ovingni egangga topshirib,
unga itoat etasan. Qushchi berganiga qanoat qilib kun kechirasan. Shunday ayanchli
ahvolda bo'la turib, yolg'on so'zlar bilan lof urishdan uyalmaysanmi?! Agar senda
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |