www.ziyouz.com
кутубхонаси
22
odamlar tuzog'ining mahbusiman, shu sababdan ularga odatlanib, o'rganib qolganman.
Alloh menga bu holatni nasib etib, qismat dasturxonidan menga shu ish tushibdi. Haq
shuni ravo ko'rgan ekan, undan bo'yin tovlash aql qonuniga muvofiq keladimi?!
Qismatga shukr qilib, bu mashaqqatli hayotga yuz qo'ymaganim avlo emasmi?!
XLVI
Hudhudning Kabutarga javobi
Hudhud unga dedi:
- Ey turli bahonani o'ziga kasb qilib olgan! Senga makr va hiylalar uyasi maskan
ekan! Qushlar sening bu holatingdan hayratga tushmoqdalar. Sen kabi birorta
g'ayratsizni topib bo'lmaydi.
Alloh senga butun koinotni uchib o'tgudek qanot nasib etgan. Sen bo'lsang xaloyiq
oldida zoru intizor bolib o'tiribsan! Kishilarning bergan suvu donlariga asir bo'lding.
Odamlar yog'ochning uchiga latta bog'lab, to'dangizni quvib yurishadi-ku! Ular sizdek
befoyda galani quvlab, tomlarini sizdan holi aylaydilar-ku! Ular sizga shunchalik jabr
ko'rsa-tishadi-yu, siz esa tamagirlik bilan ularning yonidan jilmaysiz, ularning tomidan
bo'lak boshqa joyga bora olmaysiz!
XLVII
Hikoyat
Xalq orasida bir ishyoqmas, tanbal kishi bor edi. Odamlar uning beg'ayratligidan
hayron qolar edilar. U odamlardan musht, shapaloq yoki tepki yer, buning evaziga
ulardan bir burda non yoki taom olib, kun ko'rardi. Kishilar uni quvib yuborsalar ham,
hech qayerga ketmay, o'zining yomon qiliqlarini tark etmasdi. U tortadigan jafolarga
ma'lum bir narh to'g'rilab qo'ygan edi. Qaysi bir kishi uni bir tepsa yoki ursa, u o'sha
kishidan buning haqini talab qilib olar, qo'liga tusligan narsani darhol og'ziga solar edi.
Kunlardan bir kuni kimdir uning qo'liga bir parcha non berib, shunday musht
tushirdiki, natijada tanbal yer tishlab qoldi. Garchand u shapaloqlar yeb, qornini
to'yg'azib yurgan bo'lsa-da, bir musht bilan endi qayta o'rnidan turmaydigan bo'ldi.
XLVIII
Tog' Kakligi uzri
Yana tog' Kakligi ojizlik ko'rsatib, shunday dedi:
— Ey barcha qushlarning yetakchisi! Men tog'da manzil qurgaii qushman. U yerda
tilim Allohga madhu sano o'qish bilan banddir. Shu tariqa olam elidan etak silkib, tog'
etagida orom va halovat topdim. Bu xil uzlat cho'qqisini ixtiyor qilish sababli menga tole
o'rtoq, baxt yor bo’ldi, tog' xazinasi esa omonlik joyiga aylandi. Bas, shunday ekan,
holimga bunday safar munosibmi? Yurishim doim kon ustida bo'lgandan keyin bu ishda
orzuim gavhardir. Ma'naviy gavharni qoiga kiritish hamon qiyin ish bo'lib qolmoqda.
Shunday ekan, bu yo'l menga bema'ni sayrdan boshqa narsa emas-ku!
XLIX
Hudhudning tog' Kakligiga javobi
Hudhud shunday dedi:
- Ey behuda xayollarga berilgan! Dimog'ingda behuda xayoldan boshqa narsa yo'q
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |