— Ey bo'ston Qumrisi! O'z ahvoling haqida bir sayrab bergin. Ajoyib kuylaring bilan
qushlar to'dasini bir nafas lol qilib, ularni behol etgil. Yusr(dengiz o’simligi) tasbehini
bo'yningga solib olding, bu haqda so'z aytishdan til og'ir ahvolda qoldi. Chunki sen har
bo'ston aro sarson kezasan, bu bilan qonga belanib, tuproqqa ham qorishasan. Goho
ishq savdosida majnunlar kabi mahzun nolalar chekasan. Go'yo sen visol bog'ini yod
etib, bu yanglig' oshuftahol bo'lgandeksan. Senga quvonchli xabar shuki, bu g'amda