XXVI
Kaklik sayrashi yo'sinida Hudhudning kuylagani
— Ey, firoq tog'ining Kakligi! Ko'zingni ishtiyoq dardida la'l etib, xirom qilg'il. Hajr
tog'idagi Farhodga o'xshash bir yerda qaror topmay, yo'lga qadam tashlagil. Sening
tumshug'ing lolaga o'xshash qizildir. Bu qon yutishlikdan aniq dalildir. Go'yoki
yaqinlik Qofini yod aylab, uzoqdan turib faryod urayotgandeksan. Ammo bu baland
sayrashlaring qahqaha emas, balki o'z motamingga zaharli kulgidir. Chunki sen Qof tog'i
sari azm qilding, endi vasl umidi bilan bazm tuzgil. Vasl umidi yaqindir, sen bundan shod
bo'lgil, hajr tog'i toshidan ozod bo'lgil!
Do'stlaringiz bilan baham: |