www.ziyouz.com
кутубхонаси
109
qudratini namoyish etish uchun o'z husnini olamdagi narsalarda ifodalagan. Mislsiz aqlini
mutafakkirlarda, mislsiz husnini go'zal qiz va yigitlarda namoyish etgan. Shuning uchun
Laylini sevgan Majnun Laylida Alloh yuzini ko'rgan... Shayx San'on tarso sanamga
ko'ngil berib, Ka'badan vqz kechib, Qur’onni o'tda yoqib, otashparastlar ibodatxonasida
o't yoqib yurgatiida, ya'ni islomga qarshi xatti-harakatlarini uchiga chiqarganida u Alloh
husni fidoyisi edi: tarso sanamga Alloh husniga mahliyo bo'lgandek boqar va hamma
narsadan uning uchun voz kechgan edi.
Tasavvufdagi aha shu o'zak masala — olamning Alloh jilvasidan iboratligi, odamning
Alloh quyoshining zarrasi ekanligi haqidagi ta'limot Farididdin Attor ijodi, Alisher Navoiy
ijodi va Mashrab ijodida o'zak tomir sifatida yashaydi. Farididdin Attor, Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiy va Mashrab Mansur Hallojning "anal haq" (men Allohman, men
Allohning bir zarrasiman) degan ta'limotidan o'sgan mutafakkir mutasavvuflardir.
Tasavvuf ahli ishqning uch xilini bir-biridan farq etadilar. Birinchisi: haqiqiy ishq yoki
ishqi ilohiy: insonning Allohga muhabbatidir. Ikkinchisi: majoziy ishq yoki odamning
odamga muhabbatidir. Uchinchisi: pok ishq yoki yuksak ma'naviy kamolot egalarining
pok ko'z bilan (g'arazsiz) pok go'zal vujudga boqib pok lazzat olishlaridir.
Shoirlar adabiyotning ramzlar ifodasi uchun qulayligidan foydalanib, o'z asarlarida uch
xil ishq haqida ham so'z yurita beradilar. O'quvchi ana shularni o'zi farq eta bilmog'i
lozim. Navoiy lirik qahramoni Alloh ishqida yonyaptimi, majoziy muhabbatga giriftormi
yoki pok muhabbatda o'rtanmoqdami...
Gap shundaki, tasavvuf ahli majoziy ishqni inkor etmaydilar. Ular majoziy ishqni
haqiqiy ishq yo'lidagi ko'prik deb biladilar va faoliyatlarida pok ishq talablariga rioya
qiladilar (go'zal vujuddan hech narsa tama' qilmaydilar va buni ko'ngillariga ham keltir-
maydilar).
So'fiy sevgilisiga ko'ngil qo'yganida mahbuba yuzida Alloh jamolini ko'radi, uning
ishqida yonarkan, men Alloh ishqida yonyapman deb o'ylaydi, bu yo'lda u jisman va
ruhan pok bo'lishga harakat qiladi: mahbubasiga pok nazar bilan boqib, pok lazzat
olishni o'ylaydi (quchish, o'pish va boshqa shu kabi istakjarni o'ziga yaqinlashtirmaydi),
xolos.
Bu jihatdan Alisher Navoiyning muhabbati qissasi eng yaxshi namunadir. So'fiydan
talab qilinadigan birinchi narsa tan va fikr (ko'ngil)ning pokligidir. Tan pokligi - zohiriy
bo'lgani uchun, uning, eng yaxshi usuli tozalik va bo'ydoqlikdir. Ko'ngul pokligi -biror
vujudga va narsaga nisbatan g'araz saqlamaslik. So'fiy nazarida go'zaldan jismoniy
bahramandlik va boylikka hirs - dunyo iflosligiga bulg'anish demakdir. Alisher Navoiy bir
umr o'zini tasavvuf talablari — riyozat bosqichlari sinoviga tashladi. Barcha bosqichlarini
umr bo'yi o'z boshidan kechirdi: yolg'izlik dahshati va-bo'ydoqlik azoblarini bir umr tortib
o'zini foniylikka tayyorladi va umrining so'nggi yillarida yaratgan asarlaridan biri - "Lison
ut-tayr"ni, garchand bu asar o'zbek tilida yozilgan bo'lsa-da, Foniy taxallusi ostida e'lon
qildi. U ellik sakkiz yoshida tasavvufning so'nggi bosqichiga yetayozganini o'z dostonida
taxallusi bilan muhrladi.
"Lison ut-tayr" — o'rta asr haqiqat izlovchisi uchun yozilgan ilmiy va amaliy dasturdir.
Doston yosh talaba uchun ta'sirchan va badiiy jihatdan go'zal, o'qimishli asardir.
Tasavvufdan xabari bo’lmagan kishilar bundagi qissa va she'riy hikoyalami dunyoviy
adabiyotning yaxshi namunasi sifatida maza qilib o'qiyveradilar va ma'naviy lazzat
topadilar.
Biz "Lison ut-tayr"ning falsafiy mag'zini anglashga urinar ekanmiz, bu asar o'z
ijodkori falsafiy dunyoqarashining badiiy lavhalandan iborat ekanligini, doston
zamondosh yoshlarimizning ma'naviy va hissiy kamolotlariga jiddiy ijobiy ta'sir qiladi,
fahm-farosat va chin muhabbat qoilanmasi bo'ladi, degan yaxshi niyatimizni bildiramiz.
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |