www.ziyouz.com
кутубхонаси
104
mayl ko'rsatmadi. Undagi ajoyib hikoyatlarga o'rganib qoldim, qush tilidan aytilgan
kinoya va majoziy fikrlar menga oshno bo'lib qoldi. U yerdagi biron fikrga zehnim
qiziqib, uning nima maqsadda aytilganini bilishga harakat etar edim. Bundan oladigan
zavq meni ko'p xushhol etib, bu so'zlarning sharhlari meni lol etar edi. Shu ahvolda ko'p
vaqt u bilan mashg'ul bo'lib, bu kitobga e'tiqodim tobora ortar edi.
Shundan so'ng men kishilar bilan ulfat bo'lishdan qochdim. Bu kitob xilvatdagj eng
qadrdon sirdoshim bo'lib qoldi. Natijada kishilarning yashash tarzlari va harakatlari
ta'bimga malol kela boshladi. Oqibat bu kitobga*o'lgan ishqim meni shu xil shaydolik
sari yetakladi. By savdo meni devona bir holga solib, men, uzlat eshigini ochay va bu
olamning bema'ni elidan qochay, dedim.
Bolalar mendagi bu holatni anglagach, g'avg'o-to'polon ko'targancha uni ota-onamga
yetkazishdi. Ota-onam mening bu holatimdan vahimaga tushdilar. Ular: "Bu otashin
so'zni uning yosh, xom tab'i ko'tara olmaydi. Bu asar unga og'irlik qilib, u jinni bo'lib
qolishi mumkin. Keyin uni tuzatib bo'lmaydi", degan xayolga bordilar. Ular bu kitobni
qo'limdan tortib olib, uni bir joyga yashirdilar va ko'nglimni u bilan mashg'ul bo'lishdan
mahrum etdilar. Menga uni o'qishni qat'iy man' qilishib, "Mantiq ut-tayr" ustida fikrlashni
taqiqlab qo'ydilar. Ota-onam, shoyad tez fursatda o'g'limiz bu ahvoldan qutulib, o'ziga
kelib qolar, degan umidda edilar.
Lekin bu asar menga yod bo'lib qolgan edi. Uni doimo yashirincha takrorlab yurar
edim. Ko'nglim qush tili bilan sirdosh bo'lib, undan boshqa so'zga maylim oz edi.
Men turk she'riyatida bayroq ko'tarib, bu mamlakatni bir qalam ostida birlashtirdim.
To'rt devon bilan "Panj ganj" hech bir qiyinchiliksiz, g'am va mashaqqat chekmagan
holda qo'lga kirdi. Agar taxmin etuvchi kotib nazm va nasrimdagi she'riyatimni chamalab
ko'rsa, uni yuz ming bayt atrofida qiyos etar edi.
She'riyat sohasida shunchalik muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritgan bo'lsam-da, lekin bir
xayol sira yodimdan ko'tarilmas edi. Ya'ni Haq madad bersa-yu, men tarjima yo'li bilan
asar yozsam. Biroq bu asarni yozish juda qiyin bo'lib, bu ishni bajarishdan ojiz edim.
Qalamni ravon yurgizishga qo'lim bormas edi. Oqibat ko'rdimki, umrim tez o'tib
ketmoqda. Men o'lib, bu kitob yozilmay qoladiganga o'xshaydi. Bundan men u dunyoga
armbn bilan ketib, bu armon o'ti qalbimda umidsizlik dog'ini qoldiradimi, deb o'yladim.
Shundan so'ng bu ishga kirishib, unga birmuncha vaqtimni sarf etdim. Oltmish
yoshga qadam qo'yganimda qush tilini sharhlash uchun qalamim uchini yo'ndim. Bu
ishda Shayx ruhidan madad so'radim, u menga yordam qo'lini cho'zdi. Kechalari bu ruh
menga yor bo'lib, ta'bim bu ma'noga mashg'ul bo'lgan paytda doimo qo'llab turdi.
Qalamimni tez yugurtirib, har yarim kechaga qadar qirq-ellik baytni yozmaguncha
to'xtamas, ajib bir ilhom bilan betinim ishlar edim. Shayx ruhidan ko'p shijoat yetib,
asarimni oz fursatda tugalladim. O'z-o'zimni qanchalik qiynamayin, bu asarni yozish
men uchun og'ir bo'lib, undagi ma'no ko'zdan yashiringan edi. Ammo Shayx ruhidan
mushkilim oson bo'lib, mendek bir nomurod o'z murodiga erishdi.
Agar bir g'avvos ko'p mashaqqat chekib, o'zini bu dengizga oshno qilsa, uning qo'liga
garchi durlar ilinmasa ham, bu dengiz mavjlarida suzib yurgan xas-xashaklarni yig'ib
olsa, so'ngra ularni quritib, o'tin qilsa va bu o'tindan uning vayrona kulbasi bir zum
tutunsiz yorisa, degan umidim bor.
Men bu dengiz ichra pok durlarni topa olmay, xas-xashaklarni yig'ib oldim. Nima
qilay, qo'limdan faqat shu ishgina keldi, xolos! Hijronda qolgan ta'bim shu bilan ham
qanoatlanadi! Oliy martabali she'r bituvchi olam ahliga o'z dengizidagi kondan naqd
gavharlar sochgan bo'lsa mening undan oshirishga haddim sig'armidi! Undan olgan
ehsonlarni vasf qilsam ham menga kifoya qiladi.
Umidim shuki, har kim bu kitobga ko'z solib o'qisa va undagi so'zlardan ko'ngliga
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |