CLXXXIX Bu kitobni nazmga solishda o 'z munosabatini bildirish
Bu hodisa hamon yodimdan ko'tarilmaydi: bolalik chog'imda maktabga qatnab yurgan
kezlarim edi. Bolalar yerga muk tushganlaricha, har tarafdan bir saboqni egallash uchun
un chekar edilar. Ular saboq og'irligidan qiynalar, "Kalomulloh"ni takrorlashdan ozor
tortar edilar. Ustod xotirani mustahkamlash
zehnni o'tkirlash va savodimiz ravon boisin
uchun she'r o'qitar edi. Ba'zan nasrdan "Guliston"ni mutolaa qilsak, goho "Bo'ston" kabi
she'riy asarlarni o'qir edik.
Bu paytda mening qiziquvchan ta'bim Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" dostoniga
ko'ngil qo'ygan edi. Men bu asarni takror-takror o'qir, yosh ko'nglim undan bahra
topmoqda edi. Ta'b unda yozilgan so'zlarga oshno bo'lgach, boshqa asarlarni o'qishga