107
Kechalari turli mashg'ulotlardan bo'shagan paytlarimda bir-ikki soat vaqtimni bu asarni
yozishga bag'ishladim. Doim shu tarzda g'ayrat bilan ish tutib, boshlaganlarimni
tugallashga muvaffaq bo'ldim.
Yo Rab! Ushbu ajoyib, dilni sehrlovchi sho'xning vaslini menga nasib etding! Endi uni
ham el ko'ziga sevimli qil, barcha ko'ngillarga yoqimli et! Garchi unda ifoda etilgan
maqsadni bilib olish qiyin bo'lsa-da, lekin qush tilini el ko'ngliga ayon qilgil! Kimki undan
muddao hosil qilib, marhamat yuzasidan Foniyni ham duo qilsa, uning duosini ham
inobatga olgin va ikkalamiz o'rtamizda turgan pardani olib tashlagil!
Agar tab'imga bir oz xato yoki nuqson yuzlangan bo'lsa va undan qalamimga sahv
yoki xalal yetgan bo'lsa, yo Rab, o'zing muruvvat ko'rsatib, barchasining gunohidan o't,
yomon yozuvlarim uchun o'zing yorlaqagin! Ey karam egasi! Qanday parishon so'z
aytgan bo'lsam, barchasi uchun tavba qilib, sendan ulug' ezgulik tilayman.