Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
95
kelishishgandi. Men doimo bu mintaqaga borishni orzu qilardim. Shuning uchun bu 
Atlanta afsonasiga o‘xshagan bir narsa bo‘ldiki, qorli tog‘lardagi ishonish qiyin bo‘lgan 
g‘aroyibotlar ichida o‘z yo‘qotgan jannatingni topib olganday bo‘lasan kishi: uzun 
paporotniklar, dinozavrlar va bolalikdagi rangli, tasavvurlarga boy xayoliy hayotdagi 
yana minglab boshqa narsalar... 
Afsuski, buning o‘rniga xunukdan-xunuk bir qavatli metall uylarni ko‘rdimki, ularning 
birida xalqaro anjuman homiylari «razminka» qilishni boshlashdi. Birinchi kun ichkilik 
bilan o‘tdi-ketdi, lekin Qozog‘iston cho‘llaridan kelgan Donobek degan bir yosh sovet 
yigiti bilan tanishdim. U yon atrofni aylantirishga va'da berdi va mijozlarimiz jo‘rlikda 
xurrak otishni boshlab yuborishganda, hujjatlarimizni stol ustiga qo‘yib, 
boshpanamizdan chiqib ketdik. Barcha yo‘l signal bayroqlari o‘rnatilgan simlar bilan 
belgilab qo‘yilgan, Donobekning tushuntirishcha, eng xavfli narsa qor ostidagi muz 
yoriqlari ekan. Shamol qaysidir tomondan yana bir qaysidir yoqqa esar, tikanli qor 
uchqunlari chirog‘imizning yorug‘ida nurlanib, naq ko‘zimizni mo‘ljalga olardi. Donobek 
qor ustida yuradigan chana olishni taklif qilgandi, men osudalikni buzishni 
yoqtirmasligimni aytib rozi bo‘lmagandim. Biz ikki juft chang‘i oldik. Donobek oldinda, 
men orqada bordik. Biz oppoq qorong‘ilikda yetim uchoq shumshayib turgan uchish 
maydoni tomonga qarab ketdik. Uning oxirida kichik tepalik bor edi. Men chang‘i uchish 
uchun u yerga borishni taklif qildim. Donobek xohlamaygina taklifimga ko‘ndi va birinchi 
bo‘lib tepalikning ustiga chiqib, uchish maydoniga tomon yelib ketdi. Uning qizil qor 
kostyumi qorong‘ilikda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Men ham o‘sha tepalikka chiqib, bir zum 
atrofga boqdim va ajoyib manzarani ko‘rdim - shamol bulutlarni qor uchqunlaridan ham 
tezroq oldinga surar va ba'zan qorong‘i osmonda oyning qorasi ko‘rinib qolardi. Bu 
lahzalarda butun vodiy sehrli nurga cho‘milgan, mening zavqim oshib-toshib ketib, 
birdan tepalikning narigi tarafiga sirpanib ketdim. Bu shunchalik kutilmaganda ro‘y 
berdiki, men aslo to‘xtay olmas va buning naqadar xavfli ekanini tushuna boshlagandim, 
chunki u tomonda tutish uchun arqonlar yo‘q edi. Xudo biladi oldinda nima kutib 
turganini, qaysi la'nati yoriq hayotimga yakun yasaydi va yo tezlashib borayotgan 
harakatimga qaysi qoya chek qo‘yadi... 
Hatto hozir ham o‘sha tanamni muzlatib yuboradigan poygani yaxshi eslayman. Lekin 
o‘lganim yo‘q. Bir soatcha o‘tib, Donobek ikki qutqaruvchi bilan qor ustida yuradigan 
chanada kelib, meni tutib qolishdi. Lekin umrim bino bo‘lib Yerning ustida-yu osmon 
ostida unchalik qo‘rquvga, shuning bilan birga, u qadar zavqu shavqqa to‘lgan 
emasman.. 
134
Bu voqeani yarim tunda O'lik Shaharning boshqa yeri va boshqa osmoni ostida esga 
oldim. Buni o‘zimga dalda berish uchun esladim, chunki hatto eng yirik mintaqaning 
o‘rtasida (Yerning qoq kindigida) ham yolg‘izligimdan dahshatga tushayotgandim. 
Sherigim - to‘lin oy qop-qora osmonga bezbetlarcha kirib keta boshlagan, uning 
qarashidan yulduzlar ham erib ketayotganga o‘xshardi. Tomirlarimda qon o‘rniga 
qo‘rquv oqayotgan edi go‘yo. Men sirli yozuvlar o‘yib yozilgan toshni ko‘rsatgan o‘sha 
qariyani ko‘rmoqni istardim. Undan Zevning taqdiri to‘g‘risida so‘ramoqchiydim. Agar 
shu ishni qilsam, o‘tgan ikki yil ichidagi voqealarning tagiga yeta olaman deb o‘ylardim. 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish