www.ziyouz.com
kutubxonasi
92
gap ekan, chunki avtobus Qoshg‘ardan chiqishi hamono odamlar u yoqqa-buyoqqa olib
borib qo‘ying, deya so‘ray boshlashdi. Shu tariqa avtobus goh o‘ngga, goh chapga, hatto
bir yo‘lovchi uxlab qolgan ekan, bekati o‘tib ketgani uchun, uni orqaga ham tashlab
keldi. Siz nechog‘li g‘azab va xavotirga to‘lganimni tasavvur qilyapsizmi? Chunki birinchi
qayrilishdayoq haydovchi meni politsiyaga topshiradi va unda meni qattiq jazolashadi
deb o‘ylagandim. Lekin eng sharmandalisi, har tun uchun 500 dollar to‘lagan Jan-Per
menga xuddi mayda o‘g‘riga tikiladigan ko‘z bilan qaragan bo‘lardi!..
Avtobuslar orqasidan kelayotgan harakatdagi kuch qayrilib ketayotganini ko‘rgach,
ancha xotirjam bo‘ldim, garchi BMT vakili janob Balpe barcha politsiya kuchlari va
nazorat punktlarini oyoqqa turg‘izishi mumkin edi. Lekin agar shunday qilsa, vizasiz
shubhali bir kishiga boshpana bergani uning ba'zi qoidalarni buzganini ochiq-oydin
ko‘rsatib qo‘ygan bo‘lardi. Har holda u bunday qilmadi, BMT haqida ijobiy fikrim yana bir
karra oqlandi. Lekin sahroning o‘rtasiga kelganda, niyat-maqsadim xotirimdan ko‘tarildi
- qayoqqa buncha shoshilib ketayotgan edim? Nega? Qachon? Nimaning ortidan?
Nihoyat ikki (balki uch) kundan keyin Urumchiga yetib keldim.
129
Dono Tongyuquq haliyam chodirda yakka o‘zi Bilga-Hoqon to‘plagan Universal Aqlu-
zakovatni varaqlab o‘tirardi. Mana molxonada bir yulduz ostida mo‘‘jiza tufayli otasiz
tug‘ilgan bola haqidagi hikoya. Mo‘‘jizani ko‘rishga kelishadi, lekin podshoh ona va bolani
o‘ldirishga buyruq berdi...
Yoki Xonning daryo yoqasida yettita bola tug‘ib, o‘lim talvasasida yotgan urg‘ochi sherni
uchratgan uch o‘g‘li haqidagi hikoya bor unda. Eng kichik shahzoda ona sherni hayotga
qaytarish uchun ozroq go‘sht va qon kerak deb o‘ylaydi va shu onda yangi tug‘ilgan
bolalar va ona sher uchun o‘zini qurbon qilishga qaror qiladi. Uzoq tafakkurga
cho‘mgach, o‘zini ona sherga yediradi. Hikoyaning davomi uning akalari va ota-
onasining bu voqeadan g‘am-anduhga botganligi to‘g‘risida...
Bunday hikoyalar odamni kuchsiz va bo‘sh-bayov, ta'sirchan va vayron qilib ko‘rsatadi.
Tongyuquq bir gal Bilga-Hoqonga shunga o‘xshash gap aytgan, lekin u e'tiborga
olinmagan. Endi nima bo‘ldi? Bilga-Hoqon oxirgi vasiyatini qoldirdi:
«Ey, turk qo‘mondonlari va xalqi, quloq tuting! Ustingizdagi osmon qulab tushib,
ostingizdagi yer o‘pirilib ketmasa, ey turklar, kim sizning Saltanatingizni va hayotingizni
barbod qila olardi? Ey turklar, afsus va nadomat cheking! Qat'iyatsizligingiz uchun doimo
oshqozoningizni va miyangizni to‘ydirib turgan o‘z dono Hoqoningizni sotib qo‘ydingiz,
o‘zingiz dunyoning To‘rt Burchiga qadar cho‘zilgan davlatga xoinlik qildingiz va o‘zingiz
g‘alayon ko‘tarilishiga sababchi bo‘ldingiz. Mana endi qoningiz daryo bo‘lib oqadi,
suyaklaringiz uyumidan tog‘lar barpo etiladi va o‘zi qul bo‘lgan xo‘jayinlar o‘g‘il farzand
ko‘radilar...»
Hukmdor o‘ldi, Qahramon endi yo‘q, birgina Tongyuquq dunyo aqlu zakovatini anglagan,
lekin o‘z yo‘lidan adashgan xalqi haqida qayg‘urishi lozim...
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |