www.ziyouz.com
kutubxonasi
94
Ayniqsa, mening ikki yildan ziyod vaqtdan beri qidiruvdagi portlatuvchi sifatidagi har bir
nazorat punktiga osig‘liq turgan suratimni xayolga keltirsam... Harqalay xavfsizlik
xodimining qo‘liga tushmasligim kerak edi, hayotimning birgina umidi - Jan-Perning
pasportini qo‘rquv ichra olib yurardim. Shukurki, manzilga yetib keldim. Dunyoning eng
chuqur inqirozi.
Hammasi teskari tartibda qaytarilayotgan edi. Ter bosgan qo‘yindagi qog‘oz parchasi,
katta qora ko‘zoynakli Jon-Ziangning zug‘umi ostida maxfiy agentlar to‘g‘risidagi
xayollar, O'lik Shaharning o‘zidan avval kelayotgan chang isi. Jannat deb o‘ylaganim
jahannam qurshoviga qaytayapmanmi? Shunday xayollar meni yanada ehtiyotkor qilib
qo‘ydi, birinchi duch kelgan uyg‘ur dorixonasidan ko‘zoynaklar sotib oldim va uni
taqqandan keyingina o‘zimni bir oz xavfsizroq sezdim, lekin ko‘zoynakda atrofni arang
ko‘rib turardim. Shu yerliklarning aytishi bo‘yicha: qassobdan sotib olib, baqqolga pulini
to‘laydi. Bu ikkinchi halqa bo‘lib, men zamonaviy tsivilizatsiyaning markazida emas,
balki uchinchi dunyo mamlakatlarida umrguzaronlik qilardim. Dunyoning hanuz odam
kun kechirayotgan nokerak o‘lkasi. Shunday qilib, qovushmagan ko‘zoynaklarim tufayli
yuzaga kelgan bosh og‘rig‘ini bosgan ko‘k choydan ichib, tokzordagi uzumlar ostida
kunim o‘tdi. Kechga yaqin aylanma yo‘l orqali O'lik Shaharga tomon yo‘lga tushdim.
Avvaldan hisobga olmagan bo‘lsam-da, o‘sha tun oy to‘lib turgan edi. Birdan, Xitoy
manbalarida yozilishicha, ko‘k turklarning oydin kechada hujumga o‘tishlari esimga
tushib ketdi.
132
Bugun ertalab, yana bir bor, yashab yashagim kelmay qoldi. Kecha yarim tunda
qo‘mondon telba birodarimizni o‘z qo‘li bilan otib o‘ldirdi. U bu safar ham qochib
ketmoqchi edi, lekin qo‘riqchi uni topib oldi. Ular: «Berkingan joyingdan chiq, senga
tegmaymiz, pulemyotimiz ham o‘qlanmagan!» deya baqirishdi. Telba yigit oyog‘ini
qayirib olgan chamasi qimirlay olmasdi, lekin avval patrul, keyin qo‘mondon unga
yaqinlashib keldi va telbani oyoqqa turg‘izmoqchi bo‘ldi. U esa ikki qadam yuriboq,
yumalab tushdi. Qo‘mondon uni yana turg‘azib qo‘ydi, lekin telba ojiz mushukchaday
zo‘rg‘a sudraldi va qorga yiqildi. Qo‘mondon uni yana bir bor o‘rnidan ko‘tardi va oldinga
tomon itardi. Yigit bir qadam qo‘ydi-yu, chalqanchasiga quladi... Qo‘mondon nariroqqa
borib, unga qarata o‘t ochdi. Tana bir necha bor to‘lg‘onib, yer tishladi qoldi.
Bu mudhish voqea oydin kechada ro‘y berdi...
133
Men Antraktikaning qoq o‘rtasida o‘lmoq istayman. U yerda hech kim meni topolmaydi
va o‘lik tanamni ko‘rib g‘amga ham botmaydi.
Nima deb valdirayotganimni bilaman. Men unda bir marta bo‘lganman. Bu ham xalqaro
anjumanlardan biri edi, homiylar chegarani buzib, Antarktikada yig‘ilish o‘tkazishga
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |