www.ziyouz.com
kutubxonasi
98
Men nima qilishni o‘ylab, o‘sha o‘ralarni ko‘rishga bordim. Aslida Zevning qotili bilan
ko‘rishish uchun yo‘lga chiqqandimki, albatta, u meni ko‘rishdan xursand bo‘ladi, deb
o‘ylash telbalik bo‘lur edi. Undan nima olishim mumkin? Umuman, nega bu yerga
keldim? Yaxshisi, ortimga qaytib, janob Jan-Per Balpega o‘zimni topshirganim
ma'qulmasmi? Shu xayollar bilan bir soatcha tentirab yurdim va biror yaxshiroq qarorga
kelolmay, axiri yer osti kanalida tinmay oqib turadigan suvga o‘xshab, tavakkaliga u
bilan ko‘rishish uchun ketdim.
138
Haddan tashqari ko‘rkam yuzli, o‘rta yoshlardagi muloyim bir kishi eshikni ochdi va
o‘zimni tanishtirmasimdan burun ichkariga taklif qildi. Ochig‘i, uzun hovlida uning
ortidan ergashib borishdan qo‘rqayotgandim, xuddi u qochoq echki-yu men qurbonlikka
so‘yiladigan qo‘y kabiman. Buning ustiga, u uyda yolg‘iz yashaydiganday tuyulardi. Meni
atirgul soya solib turgan taxta supaga o‘tirishga taklif qildi. O'n yoshlar chamasi qizaloq
darhol dasturxon keltirib yozdi va non-choy keltirdi. To‘g‘risi, uni ko‘rgach, sal o‘zimga
keldim.
«Biz sizni kutayotgan edik» - dedi u. Men qo‘rqib ketdim, kelishimni qayoqdan bildiykin?
«Zamin to‘la g‘iybat» - dedi u va jilmaydi. Bilishimcha, Shia Chang yarim xitoy, yarim
uyg‘ur edi, uning ukasini esa ko‘proq xitoyga tortgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylardim, lekin
qarshimda turgan kishida xitoylarga xos hech bir alomat sezilmasdi. Qaerga kelib
qoldim, deya ikkilanishga tushdim. «Siz Shia Changni qoralab kelgansiz, mana men
uning ukasiman» - dedi u kishi xuddi fikrimni o‘qiyotganday.
Lolu hayron bo‘lib, o‘zim, keyingi ikki yilda kechgan hayotim, Luk, keksa darvish,
Zevning kundaligi, bu yerga qaytishim haqida deyarli hamma narsani gapirib berdim... U
diqqat bilan quloq soldi va birgina gap aytdi, lekin o‘sha gap meni esankiratib qo‘ydi. U:
«O'sha qariya mening otam bo‘ladi» degandi.
139
Xitoy Hukmdori qon hidini sezdi. Birinchi maysa yerni yorib chiqqan va Bilga-Hoqonning
kulini yerga topshirish fursati yetganda, u elchisi knyaz Tsuanni hamdardlik bildirish va
qurbonlik qilish uchun yubordi. Tongyuquq uning tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsadni
yaxshi bilardi, lekin Ichi Lyangni O'rta Qirollikka qaytishga qaror qilmasdan burun knyaz
delegatsiyasiga qo‘shib yuborish lozim edi.
Tongyuquq hisobidagi vaqt kamaygandan kamayib borardi. O'zining yirik yurishida
hatto ko‘tarilib-tushib turgan saroy ahlini-da unutib qo‘ygandi: Pobeka o‘g‘li Yo‘llukni
o‘ziga og‘dirib olgan, lekin uning ikki amakisi - Saltanatning o‘ng va chap qanot
shahzodalari hukumatni boshqarishda to‘sqinlik qilar, shu bois Pobeka o‘z o‘g‘lini g‘arbiy
shahzodani qatl etib, uning armiyasiga ega bo‘lishga ko‘ndirdi. Lekin aytmishlarki,
qo‘rqoq oldin musht ko‘tarar. G'arb shahzodasi Hoqon saroyiga hujum qilib, Yo‘llukni
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |