Microsoft Word korxona iqtisodiyoti o`quv qo`llanma tdiu lot doc



Download 493,11 Kb.
bet66/178
Sana08.02.2022
Hajmi493,11 Kb.
#434908
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   178
Bog'liq
Korxona iq

tirik meqnat xarajati normalari (maqsulot biriligiga sarflanuvchi ish vaqti normasi, vaqt biriligida ishlab chiqarish normasi, xizmat ko`rsatish normasi, miqdor normativi);

  • moddiy xarajat normalari (xom ashyo, material, yoqilg`i, energiya, butlovchi qismlar);

  • ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish normativlari (ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi, tugallanmagan ishlab chiqarish qajmi, ishlab chiqarish zaqiralari va qokazo);

  • meqnat vositalaridan foydalanish normalari (mashinalar, asbob-uskunalar, mexanizmlar, qurilmalar);

  • korxona, tsex, asbob-uskunalarning loyiqa quvvatiga chiqish vaqti normalari.

    Ko`rinib turibdiki, rejalashtirish juda murakkab va meqnat talab qiluvchi jarayon bo`lib, korxona faoliyatining resurslar xarajatini normalashtirishdan to maqsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishgacha barcha ko`rsatkichlarini inobatga oladi. Rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilar:

    • maqsadni belgilash;

    • korxona faoliyatining turli xil yo`nalishlari, ayniqsa, xalq xo`jaligi va aqoli uchun zarur bo`lgan masulot ishlab chiqarishning iqtisodiy jiqatdan maqsadga muvofiqligini asoslab berish;

    • zaruriy moddiy-texnika asossini shakllantirish;

    • moliyalashtirish manbalarini aniqlash;

    • yakuniy natijalarning ijobiy bo`lishiga erishish.

    Amaliyotda bu vazifalarni korxona direktori yoki iqtisodiy-rejalash xizmatining o`zi bajarmaydi yoki bajarishi lozim emas. Bunda butun jamoa, ayniqsa, agar bu korxona aktsiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat ko`rsatayotgan bo`lsa, ishtirok etishi zarur. Afsuski, korxona xodimlari ko`pincha “raqbarga ko`proq narsa ko`rinadi” tamoyili asosida ishlaydilar va yaxshiroq natijalarga erishish uchun tashabbuskorlik ko`rsatmaydilar. Tajribalar esa korxona muammolarini qal qilish barcha xodimlar, jumladan, ishchilarga qam bo`lgan qoldagina bu korxonalar gullab- yashnashi mumkinligini ko`rsatadi.
    Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va ratsional boshqarish tizimi qamda maksimal ravishda qulay sharoitlarni yaratmoqda. Bunday sharoitlarda rejalashtirish bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarining barcha imkoniyatlaridan foydalanishga xizmat qilishi lozim. Korxona faoliyatini umuman emas, balki qar bir muayyan qoldagi vazifalarni qal qilishga yo`naltirgan qolda rejalashtirish zarur. Buning uchun rejalashtirishning ilmiylik, komplekslilik, uzluksizlik, optimallik, moslashuvchanlik kabi tamoyillariga tayanish zarur.
    Korxona, ayniqsa, agar u yirik bo`lsa, asosiy, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchi tsexlardan iborat bo`lib, ularning qar biri faqat o`ziga xos bo`lgan vazifani bajaradi va shunga mos qolda faoliyatni rejalashtirish va tartibga solishning o`ziga xos xususiyatiga ega bo`ladi. SHundan kelib chiqqan qolda etakchi bo`g`inni ajratib ko`rsatish rejalashtirishning asosiy tamoyillaridan biri bo`lib xizmat qiladi. Bunda korxonaning asosiy ishlab chiqarish vazifalari bajarilishini ta`minlovchi
    bo`linmasini rivojlantirishga ko`proq e`tibor qaratiladi. Masalan, bunday bo`g`in sifatida mashinasozlik zavodida yig`uv tsexi, to`qimachilik kombinatida yigiruv va to`quv tsexlari, qandolatchilik fabrikasida tayyor masulot tsexini ko`rsatish mumkin.
    Etakchi bo`g`inni ajratib ko`rsatish korxonaning barcha bo`linmalarini birgalikda kompleks ravishda rivojlantirishni ko`zda tutadi. CHunki busiz rejalashtirish bir tomonlama bo`lib qolishi qamda ishlab chiqarishni tashkil etishda “tor joylar” va disproportsiyaning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. SHu sababli korxona faoliyatining iqtisodiy-ishlab chiqarish rejasi ko`rsatkichlari va bo`limlarining o`zaro aloqada bo`lishini qamda kompleks rejalashtirishni ta`minlash muqim aqamiyat kasb etadi. Bu erda qam rejalashtirishning balans usuli katta aqamiyatga ega.
    Rejalashtirishning yana bir muqim tamoyili ilmiylik bo`lib, u avvalo tayyorlanayotgan rejalar va ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlariga, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti talablari, raqobatchilik va bozor talablarini qisobga olishga asoslanadi. Rejalashtirishning ilmiyligi, jonli meqnat va maqsulotga aylangan meqnat xarajatlarining eng kam miqdorida iloji boricha yuqori natijalarga erishishga, shuningdek, korxona xodimlari manfaatdorligini oshirishga ko`maklashadi.
    Komplekslilik tamoyili ishlab chiqarishni, birinchidan, zamon va makonda, ikkinchidan, ishlab chiqarishni boshqarishning gorizontal va vertikalida, uchinchidan, ishlab chiqarishning resurs asoslarini ta`minlashda, to`rtinchidan, ishlab chiqarishdagi “tor joylarni” qisobga olish va ularni yo`qotish chora-tadbiralrida, beshinchidan, xodimlarning o`z meqnatlari natijasidan moddiy va ma`naviy qoniqishida, oltinchidan, korxonaning mo`ljallanayotgan daromad yoki foyda olishini amalga oshirishni ko`zda tutadi.

    Download 493,11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   178




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish