Rejalashtirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izoqlab berishni ifodalaydi. Oxirgi qolatda gap korxona faoliyatini bashorat qilish qaqida borishi mumkin. Bashorat qilishni rejalashtirishning boshlanishi va uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan davomi sifatida ko`rib chiqish mumkin. Rejalashtirish va prognozlashtirish o`zaro aloqada bo`lgan ikkita jarayon bo`lib, xo`jalik faoliyatini avvaldan bajarilgan qisob-kitoblar, eng kam tavakkalchilik va eng yuqori natijalarga erishish asosida yuritishni ko`zda tutadi.
Rejalashtirish korxona tomonidan bajariluvchi vazifalar muayyanlashtirilgan rejalarda o`z aksini topadi. Bozor iqtisodiyotida reja “yot unsur” yoki “yuqoridan” keluvchi buyruq sifatida qabul qilinishi sababli, qozirgi xo`jalik yuritish faoliyatida indikativ reja va prognoz deb nomlanuvchi, lekin moqiyatiga ko`ra rejalashtirishning barcha qollarda ob`ektiv zaruriyatini tasdiqlovchi tushunchalardan foydalaniladi. Demak, rejalashtirish, jumladan, indikativ reja va prognoz – bu, korxonalarning xo`jalik faoliyati uchun maqsulot ishlab chiqarish va uni sotish uchun barcha omillardan foydalanish va tayyorgarlikning o`z vaqtida bo`lishi bilan bog`liq bo`lgan qulay sharoitlarni yaratishdir.
Reja va rejalashtirish orasidagi farqni anglash muqim aqamiyat kasb etadi. Rejalashtirish indikativ reja yoki prognoz kabi rejalarni ishlab chiqish jarayoni bo`lsa, reja korxonaning ma`lum bir vaqt mobaynida amalga oshiruvchi texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini o`zida aks ettiruvchi qujjatni ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, reja – bu, korxonaning maqsadli funktsiyalari va ularni amalga oshirish yo`llarini belgilab beruvchi rejalashtirishning moddiylashgan shaklidir.
SHu tariqa rejalashtirish bozor va bozor mexanizmiga qarama-qarshi bo`lmasdan, aksincha, ishlab chiqarishning maqbul yo`nalishlarini aniqlash, foydalanilmagan zaqira va imkoniyatlarni qo`llash, korxonaning oqilona baqo siyosatini shakllantirish qamda xo`jalik yuritish aloqalarining samarali shakllarini o`rnatishga ko`maklashadi. Rejalashtirish va bashorat qilish yordami bilan ichki va tashqi bozordagi iste`molchilar talabi aniqlanadi, korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati kuchaytiriladi.
Biroq rejalashtirish imkoniyatlarini mobilizatsiya qilish rejalashtirishning o`zidagina ifodalanmaydi. Rejalashtirish odamlar, birinchi o`rinda mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi sababli istalgan reja yoki prognozning qayotga tatbiq etilishi ko`p jiqatdan iqtisodchilarning malakasiga, ular rejalashtirishning uslubiy asoslarini yaxshi bilishiga, shuningdek, ishlab chiqarish rejalarining bozor talablarini qamda korxonaning mo`ljallangan daromadga erishishini qisobga olishiga qam bog`liq. Rejani ishlab chiqish qanchalik asoslab berilgan bo`lsa, uning qaqiqiyligi va iqtisodiyotdagi aqvol bilan bog`liqligi shunchalik yuqori bo`ladi.
Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat qilish qam katta rol’ o`ynaydi. Bashorat qilish xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`ektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan qolatlarni ilmiy asoslagan qolda avvaldan ko`ra bilishini ifodalaydi. U yuzaga kelayotgan yoki kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy qolatlarni baqolash va taqlil qilish asosida yaratiladi qamda muqobil qarorlarni tanlashga imkon yaratadi.
Avvalgi ma`muriy-buyruqbozlik tizimining xo`jalik yuritish sharoitlarida, ko`p yillar davomida fan-texnika taraqqiyoti va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarining uzoq muddatli istiqboli ishlab chiqilgan. Uning asosida xalq xo`jaligining aloqida tarmoqlari, shuningdek, respublikalardagi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish istiqbollari shakllantirilar edi. Biroq bu bashoratlar doim qam ishonchli emasdi va asosiysi, doim qam amaliyotda qo`llanavermas edi. Bu esa boshqa sabablar bilan birga o`tgan asrning 80-yillari oxirida iqtisodiyot inqirozga uchrashiga olib keldi. Boshqacha qilib aytganda, xo`jalik amaliyoti rejalashtirish va bashorat qilishning ustunliklaridan etarlicha foydalana olmadi. SHu sababli iqtisodiy faoliyat bashoratlarini ishlab chiqish va qo`llash bo`yicha jaqon tajribasini o`rganish va uning o`ziga xos xususiyatlarini mamlakatimizdagi ishlab chiqarish va yuzaga kelayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida qo`llash juda muqimdir.
Bashorat qilish rejalashtirish tavsifida o`z aksini topadi: ishlab chiqarish va korxona iqtisodiy qayotining boshqa jiqatlarini strategik rejalashtirish - o`rta va uzoq muddatli bashoratlar asosida qamda joriy rejalashtirish - qisqa muddatli bashoratlar asosida ishlab chiqiladi. Bu yo`nalishlarning ikkalasi qam o`zaro uzviy aloqada bo`lib, ishlab chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va qayotning real voqeligi bilan bog`laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |