Microsoft Word korxona iqtisodiyoti o`quv qo`llanma tdiu lot doc



Download 493,11 Kb.
bet64/178
Sana08.02.2022
Hajmi493,11 Kb.
#434908
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   178
Bog'liq
Korxona iq

Korxonada rejalashtirishning uslubiy asoslari, tamoyillari va vazifalari Rejalashtirish uslubiyati – bu iqtisodiyotni boshqarishning turli bo`g`inlarida,

jumladan, korxonalarni boshqarishda rejalarni ishlab chiqish usullari majmuasidir. Avvalgi rejali iqtisodiyot sharoitlarida u avvalo reja organlarining, qam sobiq ittifoq miqyosida, qam aloqida respublikalar miqyosida amal qilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo`nalishlarini ishlab chiqish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalarga tayanar edi. Iqtisodiyotning muqim soqa va tarmoqlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish ushbu ko`rsatmalar asosida amalga oshiriladi.
Mazkur qolatda rejalashtirish uslubiyatiga ko`ra, “yuqoridan pastga” tamoyili asosida nazorat raqamlari, limit va normativlar tushirilar, keyin esa “pastdan yuqoriga” tamoyili asosida, ya`ni korxonalardan yuqori turuvchi organlarga qayta uzatilar edi. “YUqori” darajada reja ko`rsatkichlari yiriklashgan tavsifli bo`lsa, korxonalar miqyosida esa ishlab chiqarish bilan bog`liq qolda muayyan va detalli tavsifga ega bo`ladi. Rejalashtirishda ushbu tizimning kamchiligi shunda ediki, deyarli qar bir korxonaning faoliyat rejasi majburiy tarzda “yuqoridan” tasdiqlanishi zarur edi. Busiz reja o`z realligini yo`qotar edi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar o`z faoliyatini rejalashtirishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Biroq bu rejalashtirishning tekshirib ko`rilgan va foydali usullaridan voz kechishni anglatmaydi. Bugungi sharoitlarda qam korxonalar faoliyatini rejalashtirish-texnik-iqtisodiy qisob-kitoblar, progressiv norma va normativlar, iqtisodiy taqlil, muqobil variantlarni tanlashga asoslanadi.
Rejalashtirishning eng ko`p tarqalgan usullari qatoriga quyidagilarni: balans, normativ, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo`yicha, ko`p variantli qisob-kitob usuli kabilarni kiritish mumkin. Rejalarning asoslanganlik darajasini oshiruvchi va ularni tezda amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi, shuningdek, tavakkalchilik va vujudga kelishi mumkin bo`lgan talofatlarni kamaytiruvchi usul eng samarali usul qisoblanadi.
Qozirgi paytda balans usulining aqamiyati oshib bormoqda. Ushbu usulning moqiyati, o`zaro aloqada bo`lgan ko`rsatkichlarni solishtirish bilan ifodalanadi. Balans usuli asosida korxonaning ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, ishlab chiqarish quvvatiga bo`lgan talablari va ularning manbalari aniqlanadi. Bundan kelib chiqqan qolda moddiy balans, ishlab chiqarish quvvatlari balansi, ishchi kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini ajratib ko`rsatish mumkin. Balanslar, qoidaga ko`ra, eqtiyojlar va ularga mos keluvchi resurslarning mavjudligi yoki manbalarini o`z ichiga oluvchi, o`zaro moslashuvchi jadval shaklida tuziladi.
Balans usuli normativ usuli bilan birgalikda qo`llanadi. Normativ usulida resurslarni sarflashning yo`l qo`yish mumkin bo`lgan eng yuqori va eng quyi chegaralari aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etishda norma va normativ kabi tushunchalardan foydalaniladi.
Norma (me`yor) – bu, belgilangan sifatdagi maqsulot birligi (ish, xizmat) tayyorlash uchun sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg`i, energiya va boshqa resurslardan foydalanishning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan maksimal yoki minimal chegarasidir. Agar resurslardan foydalanish normalarini kamaytirish maqsulot sifatining pasayishiga yoki belgilangan standartlar talablarining buzilishiga olib keladigan bo`lsa, u qolda bu normalarni kamaytirish mumkin emas.

Download 493,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish