Ko‘chmas mulkni moliyalash manbalari (manbalarni jalb etish
shakllari). Mulk huquqi asosida manbalarning ikki katta guruhi ajratiladi:
shaxsiy va boshqalarga tegishli (qarz) pul vositalari. Chuqurroq sinflash
ham mumkin: shaxsiy va unga biriktirilgan vositalar; moliya bozorida
harakatlanadigan manbalar; qayta taqsimlash tartibida pul tushumlari.
Moliyalashning shaxsiy manbalariga quyidagilar kiradi:
1. Tadbirkorlik tashkiloti tomonidan asosiy fondlarni oddiy ishlab
chiqarishga yo‘naltirilgan amortizasion ajratmalar;
2. Aksiyalarni chiqarish va sotish natijasida topilgan mablag‘lar;
3. Tashkilotda qoluvchi, aylanma va asosiy kapital o‘sishiga yo‘-
naltirilgan kirimdan ajratmalar (sof tushum);
4. Sug‘urta shirkatlari va muassasalari tomonidan, tabiiy ofatlar va
boshqalardan zarar ko‘rishni qoplash ko‘rinishida to‘langan summalar;
5. Yuqori xoldinglar, aksioner shirkatlari va moliyaviy – sanoat
guruhlari tomonidan qaytarilmaslik asosida ajratiladigan vositalar;
6. Hayriya to‘lovlari va boshqalar.
89
Shaxsiy vositalar ulushiga hozirgi vaqtda barcha yo‘naltirilgan
vositalarning taxminan 80% to‘g‘ri keladi. Ichki vositalar tarkibida
investitsiyalashni asosiy manbasi amortizasiya hisoblanadi, uning ulushi
70dan 93%gacha tebranadi (tadbirkorlik sektori bo‘yicha o‘rtacha holda).
Moliyalashning tashqi manbalariga quyidagilar kiradi:
1. Davlat federal subyektlari va mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash fondlari budjeti, tekinga taqdim etilganda; budjet vositalarini
ishlatish yo‘nalishlari:
• ijtimoiy foydalanishdagi turar-joy fondi ta’miri va qurilishi;
• qurilish sanoati va yuqori sifatli qurilish ashyolarini ishlab chi-
qarish bazasini rivojlantirish;
• kommunal xo‘jalik obyektlari qurilishi va rekonstruksiyasi;
• yangi qurilishlarga hududni muhandislik tayyorlovi;
2. Qo‘shma korxona ustav kapitalida boshqa moddiy yoki nomod-
diy qatnashish, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
kiritmalari shaklida ham bo‘lishi mumkin;
3. Qarz vositalarining turli shakllari, shu bilan birga, davlat va tad-
birkorlikni qaytarmaslik asosida qo‘llab-quvvatlash fondlari tomonidan
taqdim qilinayotgan kreditlar ham kiradi (imtiyozli shartlar asosidagilar
ham shular qatorida);
4. Investitsion fondlar va shirkat banklari kreditlari. Kredit manba-
larini jalb etish tadbirkorlik tashkiloti imkoniyatlarini kengaytiradi,
shaxsiy kapital qaytimini o‘sishiga olib keladi.
Bank krediti o‘zida bank yoki kredit muassasasini shoshilinchlik,
qaytarishlilik, to‘lovga qobiliyatlilik shartlaridagi ssudani aks ettiradi.
Bankni aholiga kreditini turar-joy qurilishiga vositalarni ahamiyatli
manbasi sifatida ko‘rmoq lozim. Shuning uchun moliyaviy-kredit mexa-
nizmning turli shakllaridan foydalanish muhim. Bular:
• ko‘chmas mulk garovi institutlari;
• ipotekaviy kredit;
• qurilish uchun muhandislik tayyorgarlik hududlari bilan imtiyozli
va bepul ta’minlash;
• korxonalar tomonidan o‘z ishchilariga imtiyozi foizlarda ssuda-
lar taqdim etilishi va ular olgan kreditlarni yopish.
5. Qimmatli qog‘ozlar va mulklarni, ko‘chmas mulkka investit-
siyalashni ko‘zda tutadigan shartlarda, savdo tanlovida sotuvi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda «investit-
siyalash» va «moliyalash» ko‘p holatda bir xil ma’noda qo‘llanadi.
90
Yetarlicha rivojlanmagan investitsion bozor sababidan, investitsiyalar,
odatda, o‘zining asosiy funksiyasini bajarmaydi, va sof moliyalash ele-
menti bo‘lib qolaveradi.
Ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish ajratib turuvchi xususiyati,
hozirgi bosqichda, umumiy kredit – investitsion sektorga integrasiyala-
nish hisoblanadi.
Ko‘chmas mulk obyektini faqatgina shaxsiy kapital (yoki qarz vo-
sitasi) yordamida moliyalash: bitimlarni tuzishda sotuvchi va xaridor
tomonidan faqatgina shaxsiy vositalar hisobiga hisob-kitob qilish juda
kam ro‘y beradi. Ko‘chmas mulk obyektlarini faqat qarz kapitali hisobi-
ga moliyalash ko‘proq, moliyalashning maxsus ko‘rinishlariga xosdir
(qurilish kreditlari, turli xildagi munisipal moliyalashlar va b.), ular turli
moliyalash, kreditlash va sug‘urtalash texnologiyalarini talab etadi. Bu
bilan qarz shakllarini o‘zi murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, turli qarz va
kreditlardan iborat bo‘ladi. Aholining turar-joylar sotib olishini faqat
qarz vositalari bilan moliyalash ham ancha kam uchraydi va qo‘shimcha
sug‘urtalash yoki (qo‘shimcha) ta’minotni talab etadi.
Ko‘chmas mulk obyektiga investitsiyalarni jalb etishning asosiy
shakllari aralash moliyalashdir. Bunda qarz kapitali bir necha kredit
(yoki qarz) turlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Shaxsiy kapital bir
marotaba kiritilishi mumkin, masalan ulushli qatnashish shaklida, turli
jamg‘armalar, turar-joy kooperativlari, sug‘urta polislari, turli hisoblar,
boshqa tashqi manbalar mulklarining sotuvi tizimi hisobida to‘planishi
ham mumkin.
Tashqi manbalarni kiritish juda baland risk darajasi deganidir. Bu
sharoitda davlat ushbu vositalarni iloji boricha renovasiya va asosiy
fondlarni tuzishga jalb etishi darkor. Amaliyotda buning teskarisi bo‘lib
turadi. Davlat qimmatli qog‘ozlar bozori moliyaviy manbalarini tugatadi
va ularni o‘ta qimmat qilib qo‘yadi, soliqlar ularni oqlamagan holda
investitsion qiymatni oshirib yuboradi.
Bu sharoitda ko‘chmas mulk bozorini moliyalash manba va ko‘ri-
nishlarini kengaytirish uchun, investor va davlatning o‘zaro harakatlarini
shunday shakllarini qidirilmoqdaki, ular ko‘chmas mulkka kapitalni jalb
etishni oshirish imkonini bersin (Moskva misolida):
• qarz krediti (mahalliy darajada)ga oid qarorni qabul qilinishi,
shahar – yuqori samarali loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlash
bo‘yicha kafil bo‘lib yuzaga chiqadi, agarda bu loyihalar shahar rivoj-
91
lantirish yo‘nalishlariga va qarz oluvchi esa – o‘rnatilgan mezonlarga
mos kelsa;
• shahar dasturlariga vositalar oqimini ta’minlash qatorida, shahar
qimmatli qog‘ozlarining emissiyasi kreditlarni ta’minlash uchun qarz
predmeti bo‘lishi ham mumkin, bu kreditlar o‘z o‘rnida investorlar tomo-
nidan shahar uchun zaruriy loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etiladi;
• yer bilan ta’minlangan obligasion qarzlarni chiqarishi mumkin.
Ko‘chmas mulkni investitsiyalash turli xil investitsion vosita va
texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi. Eng keng qo‘llaniladiganlari:
shahriy kapital, ipoteka, qarz majburiyatlari, o‘zaro – bo‘nakli fondlar.
Biroq bu sohada doimiy ravishda yangi yo‘l va shakllarni qidirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |