Klavdiy prinsipati (milodiy 41-54 yillar). Klavdiy Rimdagi siyosiy
vaziyatni barqarorlashtirishga uringan. O‘zini taxtdan ag‘darish uchun
bo‘lgan urinishga jazo choralari bilan javob qaytargan. Imperator
ijozatisiz senatorlarning Rimdan tashqariga chiqishlari man qilinib,
ba'zilari qatl etilgan, ba'zilari surgun qilingan. Harbiylar ham, Rim
yo‘qsullar ommasi ham aristokratlar respublikasi tarafdorlarini qo‘llab
quvvatlamadilar. Harbiylar va Rimning kambag‘al tabaqalari sadaqa
va sovg‘alar olishdan manfaatdor bo‘lgan.
Klavdiy va uning eng yaqin kishilari mavjud siyosiy vaziyatni
hisobga olib, senatdagi oppozitsiyaga qarshi kurashda qo‘shin va
viloyatdagi quldor zodagonlarga tayanib ish ko‘rishga harakat qildilar.
Klavdiy zodagonlarni o‘ziga og‘dirish uchun Rim fuqarolik
huquqlarini viloyatda tug‘ilib o‘sgan va shuningdek shahar erkin
aholisiga ham bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |