“Oltin davr” - Antonin Piy prinsipati (138-161 yy). Adrian
vafotidan so‘ng, Tit Avreliy Antonin imperator qilib saylanib, unga
Antonin Piy nomi berildi. Antonin Piyning tarjimai holida u ko‘klarga
ko‘tarilgan, juda ko‘p urushlar olib borgan deb aytiladi. Bu urushlar
Rim imperiyasining chegara viloyatlari va ularga tutash o‘lkalarda
olib borilgan. Britaniyada Rim qo‘shinlari yangi chegara istehkomlari
qurganlar. Sharqiy O‘rta yer dengizi sohillaridagi viloyatlarni
xonavayron qilgan tabiiy ofat ham jiddiy muammolar keltirib
chiqardi. 152 yili Misr bilan Falastinda qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi.
Antonin Sharqdagi qo‘shinlar bilan tinch yashashga intilgan bo‘lsa
ham, Trayan yurishida Parfiya shohidan tortib olingan yerlarni
qaytarib berishdan bosh tortadi. Antonin Piy vafotidan keyin vorislik
uning o‘gay o‘g‘illari Mark Avreliy bilan Lutsiy Ver qo‘liga o‘tdi.
Ular Lutsiy Ver vafotiga qadar (milodiy 161-169 yillar) imperiyani
birgalashib idora etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |