Miloddan avvalgi 770 yilda Chjou podsholaridan biri Pin Van
g‘arbiy ko‘chmanchilar siquvi oqibatida o‘z poytaxtini Sharqdagi Lo-i
shahriga (keyinroq Xenan viloyatidagi Lo - yanga) ko‘chirgan.
Xitoyning mustaqil mayda shohliklarga bo‘linib ketishi aynan shu
davrdan boshlandi. Ular endi Sharqiy Chjou davlatiga bo‘ysunmay
qo‘ydilar. Miloddan avvalgi VII asrda beshta eng qudratli shohlik
ittifoqi tuzilib, markazlashgan davlat barpo qilish imkoniyati yuzaga
keldi. Biroq bu vaqtinchalik birlashuv bo‘lib, mustahkam emas edi.
Beshta katta shohlikning har biri ustunlikka uringani tufayli, kuchlar
muvozanati buzildi. Ular hokimligi davri, ya'ni miloddan avvalgi
VII-V asrlar odatda “besh hokim” davri deb nom oldi. Ayniqsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |