Miloddan avvalgi IV asrda Sin shohligi boshqa barcha katta
podsholiklar orasida eng kuchli podsholik bo‘lib qoldi. Sin shohligi
hukmdorlari butun Xitoyga hokimlik uchun bir asr mobaynida qattiq
kurash olib bordilar.
Sin hukmdori Chjen barcha qolgan shohliklarni bo‘ysundirib,
butun Xitoyni o‘z hokimiyatiga birlashtirib, Sin Shixuandi (miloddan
avvalgi 221-210 yillar) unvoniga ega bo‘ldi. Uning hukmronligi
davrida yagona va markazlashgan Xitoy davlati tiklandi. Avvalgi
mustaqil shohliklar o‘z mustaqilligini yo‘qotdilar. Shu tariqa Chjou
xonligi tugatilib, o‘rniga yangi markazlashgan Sin shohligi tashkil
topdi.
270
Do'stlaringiz bilan baham: |