”Axuramazda irodasi bilan men “dayv”lar turgan joylarni vayron
qildim, toki ularga bundan buyon hech kim ishonmasin” degan
so‘zlari bitilgan. Shunday qilib, Eronda yagona oliy shohning
himoyachisi, o‘lim kuchlari ustidan g‘olib kelgan Axuramazdaga
e'tiqod joriy qilindi. Qadimgi Eron diniga Ossuriya - Bobil dinlari ham
ta'sir ko‘rsatgan.
Ahamoniy hukmdorlar Axuramazda siymosini uning yerdagi
noibi - shoh bilan bog‘laydilar va o‘z nomlariga “saoshiant” -
“insoniyatning xaloskori, homiysi” nisbatini qo‘shadilar.
Eron xalqi diniga oid tushunchalar Gerodot, Strabon, Ksenofont,
Sitseron va boshqa antik mualliflarning asarlarida keltirilgan.
Ahamoniylar davrida forslar tabiat xudolari Mitra (quyosh va nur
xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi)ga e'tiqod qilganlar.
Qadimgi Eron tarixi va madaniyatini o‘rganishda 1933 - 1937
yillarda Koshonning janubiy-g‘arbida joylashgan Sialkdagi
arxeologik qazilmalar muhim ahamiyatga ega. Miloddan avvalgi VI -
Do'stlaringiz bilan baham: |