Microsoft Word Jahon tarixi rasmsiz pechat varianti doc



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/535
Sana08.08.2021
Hajmi1,41 Mb.
#141619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   535
Bog'liq
тарих

historia poshszechna (umumiy tarix) va historia śshiata (jahon tarixi, 
davrlarga bo‘lingan va asosiy e’tiborni aniq hudud va nuqtai 
nazarlarga qaratilgan), ikkalasi ham o‘z o‘rnida Yevrosentrik 
hisoblanadi ammo hozirgi kunda ham butun Yer yuzi tarixini 
qamragan tarixni yaratish maqsad qilib qo‘yilmoqda va o‘z o‘rnida 


 
 
4
an’anaviy davrlashtirish diniy va mahalliy hodisa va noroziliklarga 
iloji boricha yumshoq munosabatda bo‘lishga harakat qilinmoqda. 
Historia globalna  (umumiy tarix), boshqa tomondan qaraganda, 
polyak tilida yangi ixtiro hisoblanadi va kamdan kam holatlarda 
qo‘llaniladi. Yaponiyada tarixchilar jahon tarixini ifodalash uchun 
ko‘proq  sekaishi  atamasini ishlatishadi. Bu yerda sekai
1
 “jahon” 
so‘zini ekvivalenti hisoblanadi va aslida Buddizm kosmologiyasidan 
kelib chiqib umumiy degan ma’noni bildiradi, bu yerda shi” “tarix” 
deganidir.  XIX asrning o‘rtalarigacha umumiy so‘z geografik 
tushuncha  bankokushi  (bankoku  so‘zma so‘z tarjima qilinganda 
“mingta mamlakat” degan ma’noni beradi), bu so‘z asta-sekinlik bilan 
haqiqiy dunyo degan ma’noni berganili uchun sekai  atamasi bilan 
almashtiriladi.  1990-yildan boshlab umumiy tarix Yaponiya ilmiy 
adabiyotlarida gurobaru shi yoki gurobaru hisutori fonetik tarjimasi 
qiyofasida uchraydigan bo‘ldi. Bu atamani qo‘llovchilar o‘zlarining 
tarixiy murojaatlariga yangicha urg‘u berishadi, ayniqsa transmilliy 
aloqalar va harakatlarga e’tibor beriladi, hamda tarixning 
dinamikasiga, shu o‘rinda ular sekaishiga o‘zgarmas atama sifatida 
qarashadi va individual milliy va hududiy tarixni mutloq to‘plashni 
nazarga olishadi.
1
  
Yevropa universitetlarida tarix o‘qitish tizimida jahon tarixi va 
umumiy tarix qay tariqa tushuntirilganligi va integralashtirilganini 
bilish uchun, Erasmus Network CLIOHWORLD
2
 ishchi jamoasining 
hodimlari, o‘nlab Yevropa davlatlari tarixchilari va Yaponiya 
tarixchilari bilan birga bu holatni solishtirishga qaror qilishdi
2
. Ular 
Yevropa universitetlarida jahon va umumiy tarixlarning qay tariqa 
o‘qitilishi haqida, kasbdoshlariga savolnomalar yuvorishdi, 
savollariga to‘liq tafsilotli javob olish maqsadida, savollardan biri 
Yevropa tarixi, jahon tarixi va umumiy tarix tushunchalarini qanday 
tushunishlashlari haqida edi. Yevropa tarix departamentida 
ishlovchilar bergan javob holatni mutlaq oydinlashtirdi, jahon va 
                                                 
1
 Taylor A., The World of Gerard Mercator, London 2005. 
Thower N.J.W., Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society, 
3rd edn., e-book, Chicago 2008. 
2
 Other copies are kept in Amsterdam, Scheepvaart Museum, and Basel, 
University Library. A. Taylor,  
The World of Gerard Mercator, London 2005, p. 201. 


 
 
5
umumiy tarixni o‘rgatish va turli xil nomlarda ko‘rinish berdi, 
Yevropa tarixi o`rganilmagan davrdan to G‘arb sivilizatsiyasigacha; 
dunyodagi turli xil hududlar va madaniyatlar tarixini birga 
jamlashdan, umumiy tarix davrilaridagi aniq mavzulargacha masalan, 
atrof-muhit tarixi, savdo aloqalari va h.k. Balki, kengroq olib 
qaralganda, bu “o‘rgatish uchun judayam kattadek ko‘rinar. Oliy 
ta’lim muassasalaridagi holat, o‘rta ta’lim dargohlaridagi holatning 
aks sadosi hisoblanadi va tarixni o‘rganish va o‘rgatishdagi 
Yevrosentrizmning davom etayotganidan darak beradi. Hattoki, o‘rta 
ta’lim dargohlaridagi o‘quv rejasiga ko‘z qiri bilan tashlangan nazar 
ham shuni ta’kidlab turibdiki, “jahon tarixi” ni o‘rganish, odatga bu 
tushunchalar davlat yoki hududning mahalliy yoki milliy tarixi bilan 
bog‘liq bo‘lgandagina o‘rganiladi.  
 
Misol qilib oladigan bo‘lsak, yuqori bosqich o‘rta maxsus ta’lim 
dargohlari uchun ishlangan Fin Milliy O‘quv dasturi (2003)
3
 va uning 
tarix dasrliklari bilan aloqasi. Finlandiya tarixi ma’lum chegaralarga 
ega bo‘lsa ham asosiy urg‘u aynan Yevropa tarixiga qaratilgan, shu 
o‘rinda qolgan dunyo “Yevropa bo‘lmagan” deb uqturiladi va 
faqatgina bu hududlarga, Yevropa tarixi bilan aloqali bor joylarigina 
e’tibor olinadi, Buyuk Geografik kashfiyotlar davri, merkantilizm, 
imperializm, kolonializm (mustamlakachilik davri), ikkita jahon 
urushlari, dekolonizatsiya jarayonlari (mustamlakachilikdan ozod 
bo‘lish jarayonlari) va millatlarning hamkorliklari hamda sistemalari 
(NATO, Varshava pakti, BMT, Yevropa Ittifoqi va boshqalar) shular 
jumlasidandir.  
 
Bu kabi tushunchalar va ba’zi bir universitetlarda aniqlangan 
yaxshi amaliyotlardan ilhom olishimiz va o‘zimizga, 
kasbdoshlarimizga, talabalarga hamda boshqa Yevropa bo‘ylab 
qiziqishgan guruhlarga yordam berishimiz uchun dunyo bo‘ylab Jahon 
tarixi hamda umumiy tarixni o‘qitish va o‘rganish sifatini oshirish 
uchun bu o‘quv qo`llanmani yaratishga turtki berdi. 
Globalizatsiya va “madaniy chalkashtirish” davrida, tarixchi 
talabalar kabi katta tajribaga ega tarixchilar ham tarixiy rivojlanishda 
dunyo va global jarayonlar bilan yaqindan tanishishgan bo‘lishlari 
zarur. O‘z hududi va shaxsini aniq tushunib olish, insoniyat tarixidagi 


 
 
6
boshqa davrlardan ko‘ra, hozirgi vaqt ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lib 
bormoqda, chunki sayohat va aloqa tizimidagi yangi 
texnologiyalarning mohiyati shundaki biz bir joydan ikkinchi joyga, 
yangi madaniyatga, atiga bir nech soatda yetib borishga imkon berish, 
vaholanki dunyo haqidagi barcha ma’lumotlar bizning 
telefonlarimizda va boshqa elektr tarmoqlarga ega bo‘lmagan gadjet, 
uskunalarimizda soniyada aylanib yuradi. Bularning barchasi bizni 
global va “dunyo” atamasining ifodalanishda va umumiy va mahalliy 
tarix o‘rtasidagi aloqa, o‘zimizning tarixga teng, bu milliy, Yevropa, 
Osiyo, Yevroosiyo, Amerika, Afrika tarixi yoki umuman boshqasi, 
hamda dunyodagi boshqa hududlar va dinlar tarixi bo‘lsin bizni 
shubha bilan qarashga undaydi. 
Shu sababli ham jahon va umumiy tarix bo‘yicha yaxshi bilimga 
ega bo‘lish, bizni tarixdagi aloqalarga murrakab nuqtai nazardan 
qarashga undash zarur, shuningdek jahon tarixini mahalliy va milliy 
talqinda sharhlash chuqur tushuncha talab qiladi. Biz bu sohada 
muvafaqqiyat qozonish uchun, o‘zimizning milliy va diniy 
tariximizning, jahon tarixi rivojlanishidagi aloqasi hamda keng tarixiy 
jarayonlar davri o‘rni bo‘yicha mutahassis tayyorlashimiz zarur. Faqat 
shundagina, biz mahalliy muhitda globalizatsiya davrlari va qanday 
obyektiv qonunlarga asoslanganligini aniqlashimiz mumkin va o‘z 
o‘rnida tarixiy adabiyotlardagi o‘ta milliylashishdan o‘zimizni olib 
qochishimiz mumkin.  
Shu kabi kuchli xohishga qaramay, biz ushbu kitobini jahon tarixi 
va umumiy tarixni o‘rganishning mukammal namunasi deb aytishga 
haqqimiz yo‘q. Ko‘proq, bu o‘qitish va o‘rganish uchun jamlangan 
ilmiy maqolalar va o‘rganib chiqish manbalari sifatida qaraladi. 
Ushbu o`quv qo`llanmaga
 
taalluqli keng ochiq internet saytidagi 
adabiyotlar ro‘yxati hamkor hisoblanadi (http://www.clioWorld.net)
1

Biz ishonamizki, bu ikklasi birgalikda shu sohani o‘rganish va 
o‘qitishga bel bog‘laganlar uchun qiziqarli va yaxshi tayanch manbai 
bo‘lib xizmat qiladi.  
 
                                                 
1
 Thrower N.J.W., Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society, 
3rd edn., e-book, Chicago  
2008. 


 
 
7
Bu kitob Janny de Jong tomonidan taqdim etilgan shu sohadagi 
ikkita muhim muhokamali asosiy tushunchalardan boshlanadi: jahon 
tarixi va globalizatsiya, tarixchilarning o‘rganish obyekti sifatida, 
ya’ni umumiy tarix. Bundan so‘ng dastlabki dunyoviy imperiya 
haqidagi mavzuli amaliy ish ketadi, unda Stefan Halikoshski Smith 
ilk zamonaviy Portugaliya sistemasi globalizatsiyadan oldingi 
globalizatsiya bo‘lganmi degan savolni olib chiqadi. Undan tashqari 
an’anaviy Yevrosentrizm (eski atamada ko‘zlangandek “xalqaro 
tarix”) tuzog‘iga jiddiy e’tibor berishga harakat qildik va tanqidiy 
Yevropa va Amerika tarix o‘quv qo‘llanmalari va jahon va umumiy 
tarix bo‘yicha ilmiy kitoblar to‘plamlarini taqdim etushga qaror 
qildik. Qimmatbaho yardom Yaponiyadagi kasbdoshlarimiz 
tomonidan taqdim etildi. Arakasha Masaharu dunyo va jahon 
tarixiga bo‘lgan qarashning an’anaviy Xitoycha va Takenaka Toru 
bo‘lsa Yaponcha usulini yoritib berishdi. Klaus va Eickellar umumiy 
tarixni janubiy Sahroi Kabir Afrikasi nuqtai nazaridan nomayish 
qiladi va Sebastian Stride bo‘lsa jahon tarixida O‘rta Osiyo nuqtai 
nazarini himoya qilib chiqadi, Samarqand misolida.  
 
Yaponiya, Xitoy, Afrika, Samarqand va zamonaviydan oldin 
hamda zamonaviy Yevropa imperiyalari dunyo tarixini qay tarzda 
ko‘rish mumkinligini hamda turli xil madaniyatlar va millatla tarixiy 
salnomalaridagi bahslashuvlar haqidagi namunalar bilan ta’minlab 
berishdi, biz umumiy va jahon tarixidagi vaziyatni to‘g‘ri baholay 
olishimiz uchun, keng madaniy, hududiy va davlatlar tarix 
salnomasidagi yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni qayta ko‘rib chiqishimiz 
uchun, milliy va madaniy chegaralarni yengib o‘tishimiz zarur. Shu 
sababli ushbu kitob Yevropa milliy tarix solnomasi bilan jahon va 
umumiy tarixlari o‘rtasidagi aloqalar muhokama qiluvchi boblarni o‘z 
ichiga oladi: Yakov Batista Rossiya va Sovet tarixi solnomasi haqida, 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   535




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish