Miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga kelib, Finikiya Misr
hukmronligi ta'siri ostiga tushib qoladi. Misrning Finikiyani istilo
qilishi hamda vaqt o‘tishi bilan Misr hukmronligi zaiflashuvi XVIII
sulola davridan qolgan misr yozuvlaridan, jumladan, Al-Amarnada
topilgan diplomatiya arxividan ma'lum. Unda o‘sha vaqtdagi xalqaro
munosabatlarni yoritgan ko‘pgina diplomatiya hujjatlari saqlangan.
Ugarit Miloddan avvalgi II ming yillikda ancha yuksalgan edi.
Ugarit arxividagi hujjatlarda qishloq xo‘jaligiga oid ma'lumotlar
ko‘plab uchraydi. Iqtisodiy taraqqiyot muhim ijtimoiy siljishlarga olib
keldi. Chek yerlar sotilaverib, shaxsiy mulkdorlar qo‘lida to‘plangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |