avvalgi III ming yillikda zig‘ir ekib, undan mato tayyorlashni
bilganlar. Bu matolarning izlari sopol siniqlarida saqlanib qolgan.
Omochga odatda eshak, ho‘kiz, ba'zan odam (qul) lar ham qo‘shib yer
haydalgan. Finikiyada g‘allakorlik bilan birga dehqonchilikning
yanada intensivroq turlari, jumladan, uzumchilik va uning samarasi
sifatida vinochilik shu tariqa vujudga kelgan. Finikiya vinosi mashhur
bo‘lib, uning ta'rifi Rim davrigacha saqlanib qolgan. Rim ahli
uzumchilik hususida karfagenlik Magonni dalil sifatida keltiradilar.
Magon Shimoliy Afrikadagi Finikiya mustamlakalarida yirik
uzumchilik va vinochilik xo‘jaliklarining tajribasidan foydalangan.
Misr yozuvlarida Oront daryosi vodiysidagi Jahin davlatining
boyliklari quyidagicha ta'riflanadi: “Bog‘larda turli mevalar to‘lib
Do'stlaringiz bilan baham: |