avvalgi 612-yilda batamom vayron qilindi. Ossuriya shohligi
vayronalari ustida keyinroq yangi Bobil - Xaldeya davlati qad
ko‘tardi
1
.
Iqtisodiyot va ijtimoiy tuzum.Bobil ilgarigi davrdagidek, asosan,
qishloq xo‘jaligi mamlakati bo‘lib, ko‘plab daryolari, o‘tloq va daryo
vodiylariga tutashgan keng dalalari chorvachilikni taraqqiy ettirish
imkonini bergan. Mulkiy jihatdan keskin tabaqalanish, quldorlik
xo‘jaligi taraqqiy etishi va o‘sishi chorvaning boylar qo‘lida
to‘planishiga olib keldi. Sug‘orish tizimiga asoslangan dehqonchilik
1
История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма
«Восточная литература» РАН 2002
117
mamlakat xo‘jalik hayotida shu qadar katta rol o‘ynaganki, o‘sha
zamon qonunlariga maxsus moddalar kiritilib, unda yerga sifatli
ishlov berilishi hamda sug‘orish tarmoqlarini batartib saqlashga
alohida urg‘u berilgan.