Miloddan avvalgi II ming yillik oxirlarida Mesopotamiyaning
janubiy qismida xaldeylardan bo‘lgan semit qabilasi paydo bo‘ldi.
Yangi Bobil podsholigi Bobil Ashshurbanipal (miloddan
avvalgi 626-yili) vafotidan so‘ng Ossuriyaning kuchsizlanib
qolganidan foydalanib, Midiya bilan ittifoq tuzdi. Xald urug‘i vakili
bo‘lgan va Bobilga yuborilgan lashkarboshi Nabopalasar (miloddan
avvalgi 626 - 604 yili) o‘zini Bobil shohi deb e'lon qiladi va Bobil
hukmdorlarining yangi sulolasiga asos soladi. Bobil kohinlari,
zodagonlar hamda Midiya shohi Kiaksar bilan tuzilgan harbiy
ittifoqqa tayangan Nabopalasar Ossuriyaga qaqshatqich zarba berdi.
Ossur shohlarining hashamatli va obod poytaxti Nineviya miloddan
Do'stlaringiz bilan baham: |