Miloddan avvalgi XIII asrning 1 yarmida hukmdorlik qilgan
Salmanasar I katta harbiy yutuqlarni qo‘lga kiritdi. U Uruatri
(keyingi Urartu) shimolidagi sakkiz mamlakatni ishg‘ol qilish bilan
birga, Ossuriyaning ta'sirini yanada keng yoyish uchun shimoliy
mamlakatlarda bir qancha koloniyalar barpo etdi. Tukulti - Ninurta
istilochilik siyosatiga yanada zo‘r berdi. Miloddan avvalgi XII asr
Ossuriyaning tashqi siyosatida Bobil va shimoliy yo‘nalishlar katta
ahamiyatga ega bo‘ldi. Tukulti - Ninurta Elam o‘lkalari, Shimoliy
Suriya, Van ko‘lining g‘arbidagi Nairi tog‘li mamlakati
2
ga harbiy
yurishlar qildi.
Ossur hukmdorlarining barcha qo‘shni mamlakatlarga qarshi olib
borgan davomli va qattiq urushlari Ossuriyani xiyla zaiflashtirib
qo‘yadi va hatto ular vaqtincha bobilliklar ta'siriga tushib qoladilar.
(IV Bobil sulolasiga asos solgan shijoatli Navuxodonosor I davrida).
Do'stlaringiz bilan baham: |