Microsoft Word jahon dinlari услубий doc



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/83
Sana29.07.2021
Hajmi0,56 Mb.
#132295
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
Bog'liq
manaviyat asoslari va dinshunoslik

Mavzu bo’yicha savollar: 

1.  Zardushtning vatani qayer? 

2.  Zardushtiylik qanday davrda yuzaga keldi? 

3.  Zardushtiylikning muqaddas kitobi nima? 

4.  Hozirgi paytda zardushtiylik diniga e’tiqod qiluvchilar qayerlarda mavjud? 

5.  Zardushtiylik ta’limoti asoslari nimalardan tashkil topgan? 

 

 

5-MAVZU 



 BUDDAVIYLIK DINI 

REJA

1.   Buddaviylik dinining vujudga kelishi. 

2.   Buddaviylik ta’limotining mohiyati. 

3.   Markaziy Osiyoda buddaviylikning tarqalishi. 

 

Тayanch so’z va iboralar: din, diniy e’tiqod, budda, jaynizm, braxmanizm, sansara, 

draxma, nirvana, karma, “Тripitaka”, hinayana, mahayana, kasta, nurlangan, 

1. Ma’lumki, har bir yangi dinning vujudga kelishi din nuqtai-nazaridan  ilohiy 

sabablar, dunyoviy, ilmiy nuqtai-nazardan esa ma’lum bir ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 

va ma’naviy sabablar zamirida talqin etiladi. Тalabalarga mana shu sabablarni har 

birini konkret ravishda tushuntirib berish kerak.Ushbu mavzu bo’yicha ma’lumotlarni 

N.F.Nizomiddinovning “Janubi-Sharqiy Osiyo diniy-falsafiy ta’limotlari” kitobining 

(2006 yilda chop etilgan) 58-75 betlarida, A.V.Norbekovning “Dinshunoslik asoslari” 

o’quv qo’llanmasining (2008 yilda chop etilgan)  90-102 betlarida topish mumkin. 

 Buddaviylik dini (sanskrit tilida buddha – osoyishtalikka va buyuk haqiqitga 

erishgan, “ilohiy ilm” nuridan munavvarlik ma’nolarini bildiradi) jahon dinlarining 

ichida eng qadimiysi bo’lib, jahon sivilizatsiyasining qadimgi markazlaridan biri 

bo’lgan Hindistonda miloddan avvalgi VI asrda yuzaga kelgan. Yangi dinning vujudga 

kelishi turli sabablar bilan bog’liq bo’lgan.  Miloddan avvalgi VI asrda o’nlab 

knyazliklarga bo’linib ketgan Hindistonda,  urug’-qabilachilik aloqalari va 

tartiblarining yemirilishi natijasida, davlat hokimiyatini markazlashtirishga harakatlar 

kuchaygan. Hindiston jamiyatini kastalar(portugal tilida casta – irq, urug’, tabaqa)ga 

bo’linib ketishiga sababchi bo’lgan braxmanizm bunday jarayonlarni 

rag’batlantirmagan. Kastachilikni muqaddaslashtirish bilan birga, diniy ta’limot, oliy 

haqiqat faqat hukmron braxmanlar uchun deb ta’kidlovchi braxmanizm jamiyatdagi 

yangilanishga to’siq bo’lmoqda edi. Shu bois bir-biridan sun’iy ravishda ajratib 

tashlangan kastalarni umumiy maqsad atrofida birlashtirishga turtki beruvchi 

mafkuraga zarurat tug’ilgan.  

Тalabalarga kastalar haqida kengroq ma’lumot berilsa maqsadga muvoffiq bo’ladi. 

Yuqorida aytib o’tilganidek, kasta so’zi irq, qavm, tabaqa ma’nolarini beradi va 



 

30

muayyan kasb bilan shug’ullanadigan, o’ziga xos turmush tarzi, urf-odatlari, 



an’analari, tartib-qoidalari va h.k. bilan o’zgalardan ajratilgan va alohida yashaydigan 

ijtimoiy guruhni bildiradi. Kastaga mansublik nasl-nasabga qarab belgilangan. 

Hindistonda kastalar varna deb ataladi.  Nikohda ham kuyov yoki kelin faqat shu 

guruh ichidan tanlangan. Kasb, huquq va majburiyatlar meros qoldirilgan. Kasta 

sistemasi pog’onadorlik – iyerarxiya tartibida, kastalarning muqarrar tengsizligi, “oliy” 

va “past” tabaqalarga bo’linish asosida qurilgan bo’lib, shu nuqtai nazardan quyi 

kastaga mansub odamlar “xor” va “xazar qilinadiganlar” deb hisoblangan. Umuman, 

kastalarning kelib chiqishi etnik guruhlarning o’zaro aloqa jarayonlari taraqqiyoti 

bilan, ijtimoiy mehnat taqsimotining kelib chiqishi bilan, sinfiy jamiyat tarkib topishi 

jarayonlari bilan bog’liq. Braxmanizm va hinduizm dinlari kastachilikni 

muqaddaslashtirgan.  

Hindiston jamiyati quyidagi kastalar bo’lingan edi: 

1.  Braxmanlar – ruhoniylar, oliy kasta. 

2.  Kshatriylar – xarbiylar. 

3.  Vayshialar – xunarmandlar. 

4.  Shudralar – jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchi eng quyi kasta.    

 

Hokimiyatni markazlashtirishga harakatlar kuchaygan davrda Hindiston 



jamiyatining boshqa tabaqalarida ham diniy ta’limotlar tafsiloti, ilohiy haqiqatga 

erishish, hayot va o’lim muammolari bilan bevosita tanishishga intilishning kuchliligi 

o’sha davrda ma’naviy madaniyatning yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat 

beradi. 



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish