141
Mavzu XXII. KORXONALAR MOLIYAVIY
HOLATI STATISTIKASI
Reja:
1. Buxgalteriya hisobotlari korxonalar moliyaviy holatini o‘rganishning
asosiy
ma’lumotlar manbaidir.
2. Korxonalar moliyaviy holaitni ifodalovchi ko‘rsatkichlar statistikasi
1. Buxgalteriya hisobotlari korxonalar moliyaviy holatini o‘rganishning
asosiy ma’lumotlar manbaidir
Korxonalarning moliyaviy holati murakkab ko‘rsatkich bo‘lib, mavjud
barcha mablag‘lardan foydalanish samarasiga hamda faoliyatlarining umumiy
natijalariga bog‘liq. Korxonalarning moliyaviy holatini o‘rganish
uchun
ma’lumotlar manbai bo‘lib, asosan buxgalteriya hisobotlari shakllari hisoblanadi:
Shakl
№
1. «Buxgalteriya balansi»
Shakl
№
2. «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»
Shakl
№
3. «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot»
Shakl
№
4. «Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»
Shakl
№
5. «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot»
Shakl
№
2
a
. «Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumotnoma»
Ayniqsa buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida korxonalarning
moliyaviy holatiga dastlabki baho berish mumkin.
Korxonalar mablag‘lari xo‘jalik faoliyati jarayonida doimo harakatda
bo‘lib, miqdor va qiymat jihatidan o‘zgarib turadi. Lekin xo‘jalikka
rahbarlikni
to‘g‘ri olib borish uchun qanday va qancha miqdordagi mablag‘lar bor ekanligi,
ular qaysi manbalardan tashkil topganligi, bu manbalardan
faoliyat davomida
qanday foydalanilganligi haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya balansidan olish
mumkin. Balans termini lotincha bis - ikki marta, tarozi pallasi degan ma’noni
anglatadi, bislank - so‘zi
tarozining ikki pallasi, tenglik demakdir. Buxgalteriya
balansi ikki tomonlama jadvaldan iborat. Jadvalning chap tomoni aktiv deyiladi,
unga xo‘jalik mablag‘larining tarkibi, joylanishi va ishlatilishi ko‘rsatiladi.
Balansining o‘ng tomoni - passiv deb ataladi. Unda xo‘jalik mablag‘larining hosil
bo‘lish manbalari va ularning qanday maqsadda ishlatilishi ifodalanadi. Balansning
aktiv va passiv tomonlarining jami summalari doimo bir - biriga teng bo‘lishi
shart. Boshqa fanlarda balans usuli bilan biron - bir noma’lum ko‘rsatkichni
aniqlaydilar. Buxgalteriya balansi boshqa fanlarda qo‘llanadigan
balans usulidan
tubdan farq qiladi. Buxgalteriya balansida biron ko‘rsatkich aniqlanmaydi, bu
balansda hamma narsa aniq, bundan tashqari hamma ko‘rsatkichlar zarur hujjatlar
bilan rasmiylashtirilgan. Biz bilamizki, korxona (tashkilot)
lardagi hamma
operatsiyalar tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va bu operatsiyalar miqdor
va qiymat jihatidan ikki tomonlama yozuv usuliga asosan schyotlarga o‘tkaziladi.
Joriy oy tamom bo‘lgandan keyin buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuvlar
jamlanib oxirgi qoldiq chiqariladi. Schyotlar ma’lumotlariga
asosan oborot
142
vedomosti tuziladi: boshlang‘ich saldo (debet, kredit); debet va kredit oborot va
oxirgi saldo (debet, kredit). Schyotlarning oborot vedomostida ko‘rsatilgan oxirgi
saldosi (qoldig‘i) ga asosan buxgalteriya balansi tuziladi.
Demak, buxgalteriya
Do'stlaringiz bilan baham: