Integrativ pedagogik faoliyat



Download 25,94 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi25,94 Kb.
#788896
Bog'liq
Shodiyeva Nafisa Abdullayevna


INTEGRATIV PEDAGOGIK FAOLIYAT
Shodiyeva Nafisa Abdullayevna
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani
56-umumiy o'rta ta'lim maktabi
boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
Annontatsiya: Integrativ pedagogik faoliyatning mahsuloti - shu faoliyat davomida qo‘lga kiritilgan hodisalar, jarayonlar, narsalar majmuyidir.
Kalit so’z:-
Bu pedagogik va g'ayriilmiy bilimlarni (falsafa va ta’lim tarixi misolida) sintez qilish yo‘li bilan hosil qilingan pedagogik fanlar; integrativ-pedagogik konsepsiya (masalan, umumiy kasbiy ta’lim integratsiyasi); integrativ pedagogikjarayon (masalan, G‘arbdagi integratsiyalashgan ta’lim muassasalari deb ataladigan muassasalarida amalga oshiriladigan jarayon); pedagogik jarayonning integrativ qismlari (masalan, integrativ kun, integrativ dars, boshlang‘ich kasbiy ta’lim mazmunini integratsiyalash); integrativ-pedagogik vaziyatlardir. Integrativ pedagogik faoliyatning qayta o‘zgartirish xususiyati - integrativ-pedagogik vazifalarni texnik-texnologik jihatdan amalga oshirish.
Quyidagilar integrativ-pedagogik qayta o‘zgartirishning obyektlari bo'lib xizmat qilishi mumkin: a) pedagogik fanning to‘liq o‘zi yoki uning ayrim sohalari; b) pedagogik jarayonning toMiq o‘zi yoki uning ayrim qismlari; d) pedagogik vaziyatlar. Insonning yaxlitlik, universallik va mukammallik darajasining oshishiga olib keladigan qayta o‘zgarish jarayonlari shunday qayta o‘zgarishning mutlaq va eng muhim predmeti bo‘lib hisoblanadi. Integrativ pedagogik faoliyatning kommunikativ tomoni birinchi navbatda subyektlaming o‘zaro mnloqoti va ta’siri bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, kommunikatsiya integrativ-pedagogik vazifalarni amalga oshirish vositasi sifatida maydonga chiqadi Xususan. Ini pedagogikada integratsion jarayonlar rivojiumg ijtimoiy pedrgoik yo‘nalishiga tegishlidir. Yana shuni ham aytish kerakki, kommunikativ vositalar (integratsiyaning kommunikativ vositj'ari) Ki ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirish davomida kommunikativ muihitni yaratish usul va shakllari majmuyidir.
207 Bular quyidagilarni ta’minlash uchun xizmat qiladi: a) shaxslararo (o‘quvchilar bilan pedagoglar, o‘quvchilar bilan ota-onalar, pedagoglar bilan ota-onalar, o‘quvchilar bilan o‘quvchilar, pedagog va pedagog o‘rtasidagi) integratsiyani; shaxs ichki integratsiyasi - insonning o‘z-o‘zi bilan integratsiyasi; b) ijtimoiy integratsiya - shaxs va jamoa integratsiyasi, shaxs va u yashaydigan joy integratsiyasi, shaxs va madaniyat integratsiyasi, shu jumladan, boshqa mentalitet madaniyati integratsiyasi va h. Bu o‘rinda ijtimoiy psixologiya va psixotexnikaning u yoki bu elementlari, ayrim holatlarda esa psixoterapiya va psixologik ta’sirning u yoki bu elementlari, chet elning «tushunadigan», «hamkorlik qiladigan» pedagogikasi vakillari (A.M aslou, K.Rodjers, Sh. Am onashvili, A.Benkin, V.Shatalov) faoliyatidan ham vosita sifatida foydalanish mumkin. «Yosh pedagogikasi asoslari» kursida namoyish qilingan vaziyat va usullarni kommunikativ integratsiyaning muayyan vositalari sifatida tilga olish mumkin.
Vaziyatlarga «Erishilgan quvonch», «Kutilmagan quvonch», «Um um iy quvonch», «Oilaviy quvonch» kabilar kirsa, «Zinamazina», «Imkoniyat beraman», «Orqamdan ergash», «Rollar almashuvi», «Yuqtirish» kabilar esa usullarga kiradi. Xuddi shu kabi, integrativ-pedagogik faoliyat integrativ-pedagogik amallarda mavjud bo‘ladi. Bunda integrativ-pedagogik amallar deganda [PFni amalga oshirish davomida erishiladigan integrativ mahsulot haqida tasavvurga bo‘ysunuvchi jarayon tushuniladi. Shunday qilib, integrativ-pedagogik faoliyat pedagogik jihatdan polimodal, polivalent tuzilmalar majmuyining zaruriy, to‘la huquqli va toMa qiymatli turi sifatida hamda integrativ-pedagogik amallarning уig‘indisi sifatida maydonga chiqadi.
Download 25,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish