74
YAIM = TXI+YAJ+EIS.
Tovar va xizmatlar oxirgi iste’moliga (TXI) quyidagilar kiradi:
•
iste’mol tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun sarflangan
summalar (TXX);
•
natura shaklida olingan (mehnat haqi yoki boshqa tarzda) iste’mol
tovarlari va xizmatlar (NTX);
•
uy xo‘jaligi o‘z ehtiyoji uchun ishlab chiqargan va iste’mol
qilgan
tovarlar va xizmatlar (UITX);
•
davlat boshqaruv muassasalari va notijorat tashkilotlarning joriy
is’temol xarajatlari: ya’ni sog‘liqni saqlash maorif sanoat va madaniyat kabi
sohalarga jamoa iste’moli uchun qilingan harajatlar (DBNTJIX).
Demak, tovarlar va xizmatlar oxirgi iste’molini (TXI) quyidagicha ifodalash
mumkin:
TXI = TXX + NTX + UITX + DBNTJIX;
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yalpi jamg‘armasiga (AVYAJ)
asosiy
vositalar yalpi jamg‘arilish (AVYAJ), moddiy aylanma mablag‘lar zaxiralarining
o‘zgarishi (AMZO‘), sof harid qilingan boyliklar (qiymatliklar) kiradi.
Asosiy vositalar bir yildan ko‘proq ishlatiladigan va foydalanish tufayli
daromad keltiradigan mehnat qurollaridir.
Ularga binolar, inshoatlar, mashina va
asbob
uskunalar, motor va stanoklar, transportlar, xo‘jalik
investorlari kabilar
kiradi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi (AVYAJ) deganda kelgusida daromad
olish uchun asosiy vositalarni ko‘paytirish (sotib olish, qurish) uchun qilingan
sarflar mablag‘larga aytiladi. Asosiy vositalar yalpi jamg‘arilishi
joriy yilda
olingan (harid qilingan, qurilgan) asosiy vositalar qiymatidan shu yilda hisobdan
chiqarilgan asosiy vositalar farqi sifatida aniqlanadi.
AVYAJ = AVS – AVX;
Bu yerda AVS – sotib olingan, qurilgan asosli vositalar qiymati:
AVX – hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati.
MHTning 1993 yilgi xalqaro standartiga
asosan yerning holatini
yaxshilashga, tabiiy resurslarga hamda nomoddiy aktivlarga qilingan sarflar patent,
lesenziya va shu kabilar vositalar yalpi jamg‘arilishiga kiritiladi.
Moddiy aylanma mablag‘lar zahiralarining o‘zgarishi (AMZO‘) ishlab
chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar), tayyor mahsulotlar sotish uchun
olingan tovarlar qiymatlarining o‘zgarishidir. Bu ma’lumotlar asosan buxgalteriya
balansi yil oxiridagi qoldiqlaridan yil boshiga bo‘lgan summalarini ayirish yo‘li
bilan topiladi. Lekin bunda moddiy zahiralarning
saqlanish davridagi narx
o‘zgarishlarini hisobga olish zarur. Buxgalteriya balansida moddiy aylanma
mablag‘lar: ishlab chiqarish zaxiralari (ICHZ); tugallanmagan ishlab chiqarish
(TICH), tayyor mahsulotlar (TM) va tovarlar (ST) ko‘rinishda beriladi.
Demak
moddiy
aylanma
mablag‘lar
zaxiralar
o‘zgarishini
(AMZO‘)
ularning
o‘zgarishlarining algebrik yig‘indisi deb aniqlasak bo‘ladi.
AMZO‘ = ICHZ + TICH + TM+ ST;
Sof harid qilingan boyliklarga ishlab chiqarishda foydalanish yoki iste’mol
qilish uchun emas, balki kelgusida daromad olish uchun saqlanadigan qimmatbaho
metallar, tilla buyumlar, kolleksiyalar va shu kabilar kiradi.