www.ziyouz.com
kutubxonasi
33
Bundan qattiq darg‘azab bo‘lib, bu ishni qoraladilar va: «Men sizlarni ayollarni
o‘ldirishdan qaytarmaganmidim? Axir bu urushmagandi-ku!» dedilar. Rasululloh
qo‘shinlarga boshchilik qilib, insoniy asoslarini mana shunday tatbiq etardilar.
Makka fath bo‘lgan paytda Rasululloh unga o‘n minglab botir qo‘shinlari bilan muzaffar
holda kirib keldilar. Quraysh taslim bo‘lgandi. U Rasulullohning oyoq ostlarida, yigirma
bir yillik kurashdan keyin Ka’ba eshigi oldida Payg‘ambarning hukmini kutib turardi...
Payg‘ambar (s.a.v.) esa bu so‘zlardan ortiq gapirmadilar: «Ey Quraysh jamoasi! Nima
deb o‘ylaysizlar, men sizlarga qanday hukm qilaman?..» Ular: «Faqat yaxshilik, ey
yaxshi va yaxshining o‘g‘li!» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Bugun men sizlarga
birodarim Yusuf bundan oldin aytgan so‘zini aytaman: «Bu kun sizlar ayblanmaysiz.
Alloh sizlarni mag‘firat qilgay. U zot rahm qilguvchilarning rahmlirog‘idir». Boraveringlar,
sizlar erkinsizlar...» dedilar. Bu misollarda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom
obro‘ va saltanati uchun harakat qiladigan, g‘alaba nash’asi esankiratib qo‘ygan qonxo‘r
qo‘mondon emas, balki insoniyatga ezgulikni o‘rgatuvchi muallim ekanliklari yaqqol
ko‘rinib turibdi.
U zotning sahobalari, o‘zlaridan keyingi xalifalarning urush va futuhotlardagi siyratlari
mana shu nurdan bir shu’la, ana shu yo‘ldan bir tariqa va ana shu asoslarning ijrosidir.
Ular eng mashaqqatli paytlarda ham o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymadilar. Futuhotlardagi buyuk
g‘alabalarda ham o‘z asoslarini unutmadilar.
Lubnon aholisidan ayrimlari o‘z hokimlari Ali ibn Abdulloh ibn Abbosga qarshi isyon
ko‘tarishdi. Ali ibn Abdulloh ibn Abbos ularga urush ochib g‘alaba qozondilar. Shunda
ulardan bir qismini diyorlaridan boshqa joyga surgun qilishni ma’qul ish, deb bildilar. Bu
narsa hozirgi kunda eng taraqqiy etgan millatlarning hokimi berishi mumkin bo‘lgan eng
shafqatli jazodir. Shunga qaramay, Shomning imomi, mujtahidi va olimi bo‘lgan imom
Avzo’iy Lubnon voliysiga qilgan ishlarini, lubnonliklarning ayrimlarini vatanlaridan surgun
qilishi va isyonda ishtirok etganlar bilan birga ishtirok etmaganlarni ham qo‘shib
jazolashini qoralab xat jo‘natdi. U zot yozgan maktub ichida quyidagi jumlalar bor edi:
«Lubnon tog‘ida surgun qilingan zimmiylarning ichida isyon qilganlarga, sen bilan
urushganlarga moyil bo‘lmaganlar bor. Bilishimcha, ularning ba’zilarini o‘ldirgansan,
ba’zilarini maskanlariga qaytargansan. Qanday qilib, xosning gunohi uchun om mol va
dunyolaridan judo qilib jazolanadi. Vaholanki, Alloh taoloning hukmi birovning gunohini
boshqaga yuklamaslik edi-ku! Bu hukm o‘ylab, ergashishga yetarli emasmi?! Yodlab,
rioya etiladigan tavsiyalarning eng haqrog‘i – Rasulullohning (s.a.v.) tavsiyalari esa
ushbudir: «Kim ahdlashilgan kishiga zulm qilsa yoki unga toqatidan tashqari ishni
buyursa, qiyomat kuni unga dushmandirman». Bu maktubni o‘qigan Lubnon voliysi
ularni hurmat-ehtirom qilgan holda uy-joylariga qaytarib keldi!
Xalifalik Umar ibn Abdulazizga o‘tgan paytda Samarqand ahlidan bir jamoa u zotga
elchi bo‘lib keldi. Ular diyorlaridagi musulmon qo‘shin qo‘mondoni Qutayba shaharlariga
kirgani va adolatsiz ravishda musulmonlarni u yerga joylashtirgani to‘g‘risida shikoyat
qilib kelishgandi. Umar ibn Abdulaziz Samarqanddagi voliysiga maktub yozib, ularning
shikoyatini ko‘rib chiqish uchun bir qozi tayin etishni, agar qozi musulmonlarni
Samarqanddan chiqarishga buyursa, ularni chiqarishni amr etdi. Voliy Jami’ ibn Hozir al-
Bojiy ularning shikoyatini ko‘rib chiqish uchun qozi tayinladi. Qozi esa musulmon
bo‘lgani holda musulmonlarni u yerdan chiqarishga, bundan so‘ng islomiy qo‘shin
qo‘mondoni ularni ogohlantirishiga va islomiy urush qoidalariga binoan ularga urush
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |