SHAHODAT ("guvohlik") - 1) Kalimsi shahodat. 2) U yoki bu fakt yuzasidan beriladigan
guvoxlik ko‘rsatmasi.Sh . haqiqiy bo‘lishi uchun u to‘g‘ridan to‘g‘ri, ya’ni boshqalarning
so‘ziga asoslanmasdan (agarda u topshiriq va vasiyat bo‘lmasa) va 2 erkak yoki 4 ayol
tomonidan berilmog‘i lozim. Qulning SH.I ayolning Sh.iga tenglashtirilgan
G’ayridinlarning Sh.i ba’zi mazhablarga ko‘ra dinga taalluqli bo‘lmagan masalaga oid
bo‘lsa musulmonlar Sh.iga teng deb hisoblangan lekin ular o‘z dinlari nomidan qasam
ichishlari kerak bo‘ladi, boshqa bir mazhabp ko‘ra - umuman inobatga olinmaydi. Agarda
kelishuv asosida soxta Sh. berilgan bo‘lsa ba’zi mazhablarga ko‘ra, u qasamxo‘r sifatida
jazolanadi, boshqasiga ko‘ra esa - soxta guvoh sifatida jazoga tortiladi. Sh. tartibi Abu
Yusuf (8-a.) tomonidan batafsil bayon qilingan. Sh. haqiqatni aniqlashda eng muhim
usullardan biri sifatida shariat sudiga rioya qilinadigan barcha mamlakatlarda saqlanib
qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |