FOTIMIYLAR (909 - 1171) - ismoiliy xalifalar sulolasi; o‘zlarini Ja’far as-Sodiq (765
y.v.e.) o‘g‘li Ismoil orqali Ali va Fotima avlodi deb hisoblaganlar (q. Ja’fariylik). Sunniy
muarrixlar F.ning Ali avlodi ekanliklarini rad etib, ularni ubaydiylar ya’ni ismoiliylar
imomi Ubaydulloh al-Mahdiy (F. sulolasi asoschisi) avlodlari deb hisoblaydilar. F.
Sitsiliya, Marokash, Misr, Falastin va Suriyaning bir qismini egallashga muvaffaq
bo‘lishgan.971 y. ular Misrning yangi poytaxti - Qohiraga asos solganlar. Makka va
Madinani o‘zlariga tobe etgan F. Bag‘dodni bosib olib, abbosiylarni taxtdan ag‘darish va
o‘zlari hukmronligidagi yangi xalifalik barpo etishni rejalashtirganlar. Qohirada ular
markaz tashkil etib, u orqali F. o‘zlarining tashviqot ishlarini olib borganlar. 11-a.
o‘rtalarida Yamanda ismoiliylarning Sulayhiylar sulolasi qaror topgan. F.ning ta’siri asta-
sekin susaya boshlagan, bu faqat saljuqiylarning kuchayishi bilan bog‘liq bo‘libgina
qolmay, ismoiliylar mafkurasining tanazzulga uchrashi bilan bog‘liq edi. Vizantiya,
ayniqsa, salbchilar bilan bo‘lgan urushlarda toliqqan F. davlatida yollanma gvardiya
(mamluklar) tasiri kuchaygan. Kurd amiri Salohiddin hokimiyat tepasiga kelgach,
abbosiy xalifalar hukmronligani tan olgan va ismoiliylar davlati asta-sekin sunniylar
davlatiga aylangan.
FOTIHA (arab. - ochmoq, boshlamoq) - 1) Qur’onning birinchi (boshlang‘ich) surasi
nomi. F. 7 oyatdan iborat bo‘lib, unda Alloh taologa hamd, uning sifatlari, qiyomat kuni
egasi ekanligi, ibodat, ixlos, duo, yolvorish, yaxshi ummatlarning zikri va yomon yo‘ldan
yurganlarning oqibati nima bo‘lishi zikr qilingan. 2) Biron voqea munosabati bilan
o‘qiladigan duo, Qur’onning ayrim qisqa suralaridan birini tilovat qilish. Islom an’anasvda
F. marhumning vafoti munosabati bilan oila a’zolariga bildirilgan ta’ziyaning diniy shakli
hisoblanadi.
FURU’ al-FIQH - fiqhning "tarmoqlari", islom pozitiv huquqini tashkil qiluvchi fikhning
bir qismi. Dastlab "furu’" istilohi Muhammad ash-Shayboniyning "Kitob al-asl fi-l-furu’"
(al-Mabsut nomi bilan ko‘proq mashhur) asarida qayd etilgan. Muhammad ash-Shofi’iy
aniq ta’riflagan fiqhning asos -"ildizlari" (usul al-fiqh)dan farqli o‘laroq pozitiv huquq
qismlari o‘zaro chegaralanmagan va ayni bir masalaning o‘zi turli bo‘limlarga mansub
deb qaralishi mumkin bo‘lgan.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |