HAZRATI IMOM MAQBARASI - Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik (14-a.). 1384 y.
Amir Temur avliyo Muhammad Shayboniyning xokini keltirib Dor us-saodatga, o‘g‘li
Jahongar qabri oldiga dafn ettirgan, xorazmlik ustalar baland bino barpo etganlar.
Muhammad Shayboniy islom olamida "Hazrati imomi Bag‘dodiy" nomi bilan mashhur
bo‘lgan. Majmuaga Amir Temur o‘zi uchun katta xilxona qurdirgan. Majmuaning ulkan
ark va devorlari, o‘n olti qirrali asosga qurilgan gumbazlari qimmatbaho tosh va
shishalardan ishlangan naqshinkor bezaklar bilan bezatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |