HADIS TO’PLAMLARI - hadisga doir kitob turlari. Ahli hadis istilohiga ko‘ra, aqoidga
taallukdi bo‘lgan hadislar "Ilmi tavhid va sifat"; hukmga dalolat qiluvchi hadislar
"Sunan"; ilmi suluk va zuhdga oidlari "Riqoq"; yeyish, ichish va kiyinish, o‘tirish, turish
va safar... odoblariga taallukli bo‘lgan hadislar "Ilmul adab"; tafsir hadislari "Tafsir";
tarix va she’r hadislari goh "Ilmu Va’dil-xalq", goh "Siyrat"; asri Jalili nabaviydan so‘ngra
vujudga kelgan va kelajak fitnalarga doir bo‘lganlari "Ilmul-fitan"; manoqib va
musolaba, ya’ni shaxslar, qabilalar, shaharlar va b. shu kabilarning maqtovi yoki
aybloviga doir xabarlar "Ilmul-manoqib" deb ataladilar. Bu boblarning sakkizalovini ham
jamlagan "Sahihi Buxoriy" kabi kitoblarga "Jomi’" nomi berilgan. Imomi Termiziyning
kitoblari esa, ham "Jomi’", ham "Sunan" deyilgandir.
Sahoba ismlari maxsus tartibga solinib, har biridan rivoyat qilingan hadislar jamlangan
bo‘lsa, unday kitob "Musnad"; muallifning keksalari hurufi hijo (alifbo) tartibiga qo‘yilib,
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |