HAYBAR - Madinadan shim.da joylashgan voha; mil. av. 6-a.dayoq mavjud bo‘lgan. Mil.
7-a.da H. hosildor, sersuv, xurmozor va dalalari bo‘lgan bir necha vodiylarda joylashgan.
Aholisi yahudiy dehqonlar va yahudiylikni qabul qilgan arablardan tashkil topgan edi.
Muhammad (sav) taxm. 1,5 ming kishilik qo‘shin bilan o‘zlariga dushman bo‘lgan H.
aholisi ustiga yurganlar. Bir yarim oylik qamal va H.ning g‘atafon qabilasidan bo‘lgan
ittifoqchilari ketishi bilan voha zabt etilgan. Taslim bo‘lish haqida H. aholisi bilan tuzilgan
bitimda H. harbiy o‘lja (g‘anima) deb qaralgan, chunki u kuch bilan egallangan edi
(anvatan). Vohaning 1/ 5 qism yeri Muhammad (sav) foydalariga (harbiy yurish rahbari
sifatida) va u zotning oilalari foydasiga o‘tgan. Yerning qolgan qismi jangchilar o‘rtasida
taqsimlangan; mahalliy aholi dehqonchilik qilib, olingan hosilning yarmini
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |