Oluvchi vazifalarining bayoni
Zakot oluvchining vazifalari beshtadir.
Birinchisi - kifoya etgulik zakotni unga berishni vojib etgan Zot - Alloh azza va jalla
ekanini bilmoqdir.
Darhaqiqat, xalq Alloh azza va jallaga bitta maqsad bilan, u ham bo‘lsa, Alloh
subhanahu va oxirat kuni qasdida ibodat qiladi. Alloh taoloning quyidagi oyati ham shu
ma’nodadir:
«Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim» (Vaz-
zoriyot surasi, 56-oyat). Lekin hikmati ilohiya bandaga shahvat va ehtiyojlar hukmronlik
qilishini taqozo etganida, ular bandaning maqsad-tashvishini bo‘lak-bo‘lak qilib yubordi.
Uning karami esa ehtiyojlarga kifoya etadigan ne’matlarni yog‘dirishni taqozo qildi. Mol-
mulkni ko‘paytirdi, ularni bandalarning qo‘liga to‘kib tashladi. Buni U bandalarning
ehtiyojlarini ketkazishga sabab va toatga bo‘shashlari uchun vasila maqsadida qildi.
Ulardan ayrimlarining molini ko‘paytirib, fitna va imtihon qildi. Va bas, uni xatarga
tortdi. Ba’zilarini esa yaxshi ko‘rib, rahmdil kishi kasalini himoya etganidek, uni
dunyodan himoya qildi. Undan oshiqchasini ushlab qoldi. Ehtiyojga yarashasini boylar
qo‘li bilan unga tomon haydadi. Kasb mashg‘ulligi, yig‘ish va saqlashdagi mashaqqat
boylarga, foydasi esa kambag‘allarga bo‘lsin uchun shunday qildi. Shunda ular Alloh
ibodati va o‘limdan keyingi hayotga tayyorlanishga o‘zlarini bag‘ishlaydilar. Ularni ortiq
dunyo burmaydi, yo‘qchilikdan qo‘rqish mashg‘ul qilib qo‘ymaydi. Bu borib turgan
ne’mat. Demak, faqirning haqqi faqirlik ne’matining qadrini bilishdir.
Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
19
Aniq bo‘lyaptiki, Allohning undan dunyoni uzoq qilishdagi fazli unga berishdagi
fazlidan ko‘proq ekan. Buning tahqiqi va bayoni, inshaalloh, «Faqirlik kitobi»da keladi. U
Alloh subhanahudan rizq va toatga madad o‘laroq olinadigan narsani keragicha olsin.
Uning niyati bu narsa bilan Allohning toatiga quvvat olish bo‘lsin. Agar bunga qodir
bo‘lmasa, uni Alloh azza va jalla muboh etgan narsaga ishlatsin. Agar u bilan Allohning
ma’siyatiga yordam oladigan bo‘lsa, unda Alloh azza va jallaning ne’matlariga kufr
keltirgan, Alloh subhanahudan uzoqlashish va g‘azabiga yo‘liqishga mustahiq bo‘ladi
Ikkinchisi - beruvchiga tashakkur aytmog‘i, uni duo qilmog‘i va maqtamog‘i.
Oluvchining tashakkur va duosi beruvchini vositalikdan chiqarmagan, lekin Alloh
subhanahuning ne’mati oluvchiga yetib kelish yo‘li sifatida bo‘lishligi lozim. Chunki
yo‘lning ham yo‘l va vosita bo‘lgani uchun tashakkur va duo eshitishga haqqi bor. Bu -
ne’matni Alloh subhanahudan ko‘rishga zid kelmaydi. Darhaqiqat, Rasululloh (s.a.v.):
«Kim odamlarga shukr etmasa, Allohga ham shukr etmaydi», deganlar (Termiziy, Abu
Dovud va Ibn Hibbonlar rivoyati, hasan, sahih). Alloh azza va jalla ham o‘zi Xoliq va
qudratni Yaratuvchi bo‘la turib, bir necha o‘rinlarda bandalarni maqtaydi. Alloh taolo:
Do'stlaringiz bilan baham: |