Asr (vaqti) ga qasamki, (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir. Faqat iymon
keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-bilariga xaq (yo‘li)ini tavsiya etgan va
bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina
(najot topguvchilardir)»(Val-Asr surasi, 1-3-oyatlar).
Shubhasiz, barcha ishlar Ollohning izni bilan joriy bo‘ladi. Sekinni tezlatishga
urinmang. Negaki, ulug‘ va qudratli Olloh biron kishining shoshilishi bilan ishni
tezlatmaydi. Kimki Ollohni aldashga harakat qilsa, aldanib qoladi:
«Agar iymondan yuz o‘girsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg‘unchilik
qilursizlar va qarindosh-urug‘larshgiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzursizlar»
(Muhammad surasi, 22- oyat).
Ansorlarga yaxshi munosabatda bo‘lishingizni tavsiya qilaman. Chunki ular siz
(kelishingiz)dan oldin Madinani boshpana va iymon diyori qilib hozirladilar. Ular emasmi,
meva-chevalarini siz bilan teng baham ko‘rishgan?! Ular emasmi, (tor) uylarini siz uchun
keng qilgan?! Ular emasmi, qashshoq-liklariga qaramasdan, sizlarni o‘zlaridan ustun
qo‘ygan (ya’ni, o‘zlari och bo‘la turib, sizlarga yedirgan)?!
Ogoh bo‘ling! Kimgaki ikki kishi o‘rtasida hukm etish top-shirilsa, ansorlardan
muhsinlarining yaxshiligini qabul etib, yomonliklarini kechirsin. O’zlaringizni ulardan
ustun qo‘ymang.
Ogoh bo‘ling! Albatta men sizdan avval borguvchiman. Sizlar ham menga yetib
olasiz. Ogoh bo‘ling! Va’dalashgan joyi-miz havzi Kavsardir... Kavsarning suvi sutdan oq,
kaymokdan yumshoq, asaldan shirindir. Undan ichgan odam hech qachon chan-
qamaydi. Havzi Kavsarning toshlari marvarid, o‘zani mushkdnr.
Kimki ertaga (mahshar kunida) bu yerga kelishdan mahrum bo‘lsa, demak u barcha
yaxshiliklardan mahrum bo‘libdi.
Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
Ogoh bo‘ling! Kimki ertaga bu manzilda bo‘lishni istasa, tilini va qo‘lini yomonlikdan
tiysin». Shunda Abbos:
— Ey Ollohning rasuli, kurayshliklarga ham vasiyat qiling dedi. Rasululloh sallallohu
alayhi vasallam dednlar:
«Men bu vasiyatlarni qurayshliklarga qildim. Boshqalar ularga tobe’dir. Ularning
yaxshilari qurayshning yaxshilari-ga, fojirlari qurayshning fojirlariga ergashadi.Ey
quraysh ahli! (Barcha) insonlarga yaxshi munosabatda bo‘lishingizni tavsiya etaman.Ey
insonlar! Gunohlar ne’matlarningo‘zgarishiga, nasibaning almashinishiga sabab bo‘ladi.
Agar xalq mehrli bo‘lsa, boshlikda-ri ularga mehrli bo‘ladi. Agar odamlar buzg‘unchi
bo‘lsa, boshliqlar ularning arz-dodlariga kuloq tutmaydi. Olloh taolo dedi:
«Shuningdek, qilib yurgan gunohlari sababli zolim kimsalarni bir-birlariga
Do'stlaringiz bilan baham: |