ztilgan narsaga erishmoq, xar bir xavfdan najot topmoq Ollohning izmidadir. Bas, Olloh
haligi ovoz ham tindi. Yon-atrofga boqib, hech kimni ko‘rishmadi. Odamlar yana
faryodura boshladi. Shunda ovozi notanish boshqa bir kishi nido qildi: «Ey ahli bayt!
Olloh taoloni zikr eting. Har qanday holatda Unga hamd ayting, muxlislardan bo‘lasiz.
Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
Albatta, xar bir musibat uchun Ollohning tasallisi, har bir rag‘bat uchun bir evazi bor.
Bas, Olloh taoloning
amriga itoat etinglar, amal qilinglar!»
Shunda Abu Bakr: «Bu ovozning egalari Rasulu
lloh
sallallohu alayhi vasallamni oxirgi
manzilga kuzatishga kelgan Xizr va Ilyos alayhimassalomdir», dedi. (Tabaroniy rn-
voyati, isnodi zaif).
Abu Bakr roziya
lloh
u anhuning xutbalarini to‘liq hikoya
qilar ekan, Qa’qa’a ibn Amr
deydi: «Abu Bakr o‘rnidan turib, nnsoniyatga ibrat bo‘larlik xutbasini o‘qidi. Xutbani
Olloh taologa hamdu sano, Payg‘ambar alayhisalomga salovot aytib, boshladilar:
«O
lloh
dan o‘zga iloh yo‘qligiga guvohlik bera-man. Olloh taolo va’dasiga vafo qildi,
bandasiga yordam berdi, dushmanlarni mag‘lub ztdi. Barcha maqtov yolg‘iz Ollohga xos.
Guvohlik beraman, Muxammad Ollohning quli va rasuli, payg‘ambarlarning
so‘nggisidir. Guvoxlik beraman, Kitob (Qur’oni karim) qanday nozil qilingan bo‘lsa, hadis
qanday aytidgan bo‘lsa, so‘zlar qanday so‘zlangan bo‘lsa, hech bir o‘zga-rishsiz
shundaydir! Albatta, O
lloh
Haqqul Mubin (aniq haq)dir.Ollohim! Quling va rasuling,
payg‘ambaring va habibing, amining va tanlaganing Muhammadga bironta bandangga
ato et-magan eng afzal salovoting bo‘lsin!Ollohim! Rasullar sayyidi, nabiylar xotami,
muttaqiylar imomi, xayrning boshi va boshlovchisi, rahmat elchisi Muhammadga
salovoting, afving, rahmatingni indir!
Ollohim! Rasulingni O’zingga yanada yaqinroq et.Dalilini ulug‘, maqomini mukarram
qil. Habibingni avvalgilaru oxirgilar havas qiladigan maqomi mahmudda tiriltir. Qiyomat
ku-nida bizni u zotning maqtalgan maqomi bilan manfaatlan-tir. Dunyo va oxiratda bizga
Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamni xalifa qil. Uni jannatdagi daraja va
vasilaga yetkaz.
Ollohim! Muhammadga va uning ahliga salovot bo‘lsin. Ib-rohimga barakat
yog‘dirganing kabi Muhammad va uning ahliga ham barakat yog‘dir. Albatta Sen
maqtovga munosib ulug‘ Zotsan!
Ey insonlar! Kimki Ollohga ibodat qilayotgan bo‘lsa, al-batta Olloh hamisha tirik,
hargiz o‘lmas. Muhaqqak, sizga Ollohning buyurgani bo‘ldi. Jazavaga berilmang. Zero,
ulug‘ va qudratli Olloh payg‘ambari Muhammad sallallohu alayhi vasallamni endi sizlarni
orangizda bo‘lishdan ko‘ra O’zining huzuridagi ne’matga munosibroq bildi va uni O’zining
savo-bi sari eltdi.
Olloh sizlarga O’zining Kitobi va payg‘ambari sallallohu alayhi vasallamning sunnatini
qoldirdi. Kimki mana shu ikki narsani mahkam ushlasa, oriflar jumlasidan, ularni
ajratgan kishi munkirlar jumlasidan bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: