www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Uchinchi bob
O’lim talvasasi va shu holatda qilinishi mahbub sanalgan ishlar xususida
Biling! Bu bandai miskindan dunyoning barcha kayg‘usi-yu ko‘rkinchi, g‘amlari-yu
musibatlari olib tashlanib, yolg‘iz o‘lim talvasasi qoldirilgan takdirda ham, mana shu
azobning o‘zi uning butun hayotini zaqarlab, sevinchini qayg‘uga aylantirmokqa, unutish
va g‘aflat neligini bilmasdan, fakat shu azob haqida o‘ylab o‘tishn-ga kifoyadir. Ha, o‘lim
talvasasi uzoq va chuqur o‘ylamoqqa, ti-nimsiz hozirlik ko‘rmoqqa munosib azobdir.
Lukmoni Hakimni o‘g‘liga qilgan nasihatini eslang: «O’g‘lim! O’limning qachon
kelishini bilmaysan, Bas, to‘satdan senga yo‘li-qishidan oldin o‘limga hozir tur».
Agar inson eng to‘kin va lazzatli ziyofat og‘ushida xush kayfiyat bilan o‘tirgan paytida
nogoh bir sokchi kirib, uni besh qamchi urishini eslab qolsa, nima bo‘ladi? Endi unga bu
o‘tirishning lazzati tatiydimi?! Yo‘k! Lazzatdan asar kolmaydn, kuvonchi qayg‘uga
aylanadi.
O’lim farishtasi oldida bu soqchi nima degan gap? O’lim talvasasi oldida besh qamchi
emas, undan ko‘prog‘i ham arznmas narsa-ku! Axir har bir nafasda o‘lim farishtasi inson
oldida hozir bo‘lishi, uni talvasaga solib qo‘yishi mumkin, U esa bundan g‘ofil. Bu borib
turgan nodonlik va aldanishdan boshqa narsa emas.
Anglang! O’lim talvasasidagi og‘riq azobini faqat uni totganlar biladi. Bu azob
shiddatini totmagan odam shunchaki og‘riklarga qiyosan yoki o‘lim talvasasiga guvoq
bo‘lgan odamlarning dalillariga suyanib, bu qakda nimadir deyishi mumkin.
Jonsiz a’zo og‘riq sezmaydi. Og‘rikri jon bildiradi. A’zoga biron jaroxdt yetsa yoki
kuisa, buning ta’siri ruxda namoyon bo‘ladi. Jon shu ta’sir mikdorida og‘riqni xas kiladi.
So‘ngra og‘rik etga, qonga va boshkd kdsmlarga taqsimlanada. Albatta jonga xam
og‘rikdan ulush yetadi. Jonga yetgan mana shu ulushni boshkd a’zolar totib ko‘rganida,
aslo tokat qilolmas edilar. Bu juda ulkan azobdir.
Mahbub sanalgan ishlar — qilinsa durust va chnroyli bo‘ladigan ishlar.
Na’z (ya’ni jon chiqar) holati jonning bemisl azobi bo‘lib, keyin bu og‘riq badanning
har bir nuqtasiga, butun a’zolariga tarqaladi. Agar badanga tikan sanchilsa, eng avval
og‘riqni jon sezadi. Badanni kuydirgan o‘tning ta’siri bundanda ulug‘dir. Chunki olovning
yolqini badanni to‘la qoplaydi, o‘t yetmagan bironta a’zo qolmaydi. Etning har bir
toridagi jon rishtalari buni his qiladi.Pichoq, qilich va nayzaga o‘xshash narsalardan
yetgan jarohat tir tekkan joydagina bo‘ladi. Shuning uchun ham, bu jarohatning og‘rig‘i
olov yetkazgan og‘riqqa bas kelolmaydi. Jon chiqar azobi ayni jonga qilingan hujumdir.
Jonning barcha juzlari bu og‘riqqa g‘arq bo‘ladi. Chunki jon har bir tomirdan, har bir
asab tolasidan, har bir bo‘g‘indan, boshdan oyoqqacha bo‘lgan har bir tuku teridan
sug‘urilib chiqadi. Bu qayg‘u, bu og‘riq haqida so‘ramang.
Aytishadi, o‘lim kilich zarbidan, arraning tishidan, kaychiningdamidan ko‘ra
shiddatliroq. Badanni kilich kessa, jon og‘riy-di. Agar zarba to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonga
bo‘lsa-chi?! Qilich zarbalari ostidagi kishining to kuvvati bor ekan, baqiradi, yolvoradi,
yordam so‘raydi. Jon chiqar holatda esa og‘riq shiddatidan un o‘chib qoladi. Qayg‘u
zulmati quyuklashib, qalbni to‘la egallaydi, kuv-vat butkul yakson bo‘ladk. Quvvat
yo‘qolgach, ingrashga majol qol-maydi?!Bu holatda akl choshib loyqalanadi. Til
og‘irlashib, a’zoi badan bo‘shashadi. Kishi ingrash, qichqirish, yordam so‘rash bilan o‘zini
ovutmoq istaydi, lekin bunga kuvvat qayda? Agar ozgina quvvat qolgan bo‘lsa, u ham
so‘nggi damlarda xirillashni, ko‘tari-lib tushayotgan ko‘krakka bir yetib, bir yetmasdan,
xalqumdan kaytib ketayotgan oxirgi nafaslarni — g‘arg‘ara tovushlarini eshitishga sarf
bo‘ladi. Rango‘zgarib, kulrang tusga kira boshlaydi. Bu damda insonning, asl fitrati-
tuproqqa do‘nayotgandek, barcha tomirlari uzilgudek tortiladi, og‘riq ichu tashiga
Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |