Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
55
va xusumat eshigini ochsa, sahobalar uni qattiq inkor qilardilar.
Ilk tinglashdayoq zehnlar qabul qilishga oshiqadigan, Qur’oni karim qamrab olgan zohiriy
dalillardan iborat bilim barcha uchun ma’lum bo‘lgan ilmdir.
Vaholanki, Qur’onni bilish
ilmning hammasini bilish demakdir. Tavhid, sahobalarning fikriga ko‘ra, ko‘pchilik
kalomchilar tushunmaydigan boshqa ishdan iboratdir. Agar kalomchilar uni
tushunganlarida edi, «tavhid» lafzi bilan o‘zlarini sifatlamagan bo‘lardilar. Tavhid
ishlarning barchasini, sabab
va vositalarga qaramagan holda, faqat Alloh taolodan deb
bilishdir. Bas, neki yaxshi va neki yomon, faqat Allohdan. Bu narsa tavakkulni paydo
qiladigan yuksak maqomdir. Uning bayoni hali «Tavakkul kitobi»da keladi.
Hamma narsani Allohdan deb bilish yana
maxluqqa shikoyat etmaslik, ularga g‘azab
qilmaslik va Alloh taoloning hukmiga rozi bo‘lish kabi mevalarni beradi. Mana, uning bir
mevasi: Abu Bakr (r.a.) kasal bo‘lganlarida, u kishiga: «Sizga tabib chaqiraylikmi?!»
deyishdi. Shunda u zot: «Meni kasal qilgan tabibning o‘zi», deganlar; yoki u kishidan:
«Tabib kasalligingiz haqida sizga nima deyapti?» deb so‘rashganida: «Tabib menga,
istagan narsamni amalga oshiruvchiman, dedi», deb javob qilganlar.
Tavakkul va tavhid kitoblarida bunga oid xabarlar keladi.
Tavhid nafis javhar bo‘lib, uning ikki qobig‘i bor. Ularning bittasi ikkinchisiga qaraganda
mag‘izdan uzoqroqdir.
Odamlar esa, mazkur ismni qobiqqa va qobiqning himoyachilik
san’atiga xoslashdi va asosiy mag‘izni unutib qoldirishdi.
Sen tiling bilan «la ilaha illalloh» deyishing birinchi qobiqdir. Bu iqror nasroniylarning
uchlik e’tiqodlariga zid bo‘lgan tavhid. Lekin u ichi tashiga teskari bo‘lgan munofiqda
ham sodir bo‘ladi.
Ikkinchi
qobiq esa, iqrorning mazmuniga qalbda inkor va muxolifat bo‘lmasligi, qalbning
zohiri unga e’tiqod qilishi, shuningdek, uni tasdiqlashidir. Mana shu ish avom xalqning
tavhidi bo‘ladi. Kalomchilar,
yuqorida aytilganidek, ushbu qobiqni bid’atchilarning
chalg‘itishlaridan qo‘riqlovchilardir.
Uchinchisi esa mag‘izdir. Mag‘iz – sabablarga hech bir nazar qilmasdan, ishlarning
barchasini Alloh taolodan deb bilish, Undan o‘zgaga
ibodat qilmay, faqat Ungagina
sig‘inishdir. Hoyu havasga ergashganlar ushbu tavhid doirasidan chiqadi. Chunki barcha
hoyu havasga ergashuvchilar uni o‘zlariga ma’bud qilib olgandir. Alloh taolo:
Do'stlaringiz bilan baham: