Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
59
«(Muhammadga) she’r o‘rgatmadik va (shoirlik) uning uchun durust emasdir»
(Yosin surasi, 69-oyat), deb aytgan.
94. Imom Muslim rivoyati.
Voizlar odat qilib olgan ko‘pgina she’rlar ishq haqida, ma’shuqning jamoli, visol ruhi va
firoq olamini tavsiflash haqidadir. Majlisga qo‘pol, avom xalq to‘planadi.
Ularning botini
shahvatlar bilan to‘lgan, qalblari chiroyli suvratga moyil emas. Shu bois she’r ularning
qalblaridagi narsalarni harakatga keltirib, shahvat olovini yoqadi.
Natijada qichqirib,
raqsga tushib ketishadi. Bularning aksari yoki hammasi fasodga olib boradi. Shuning
uchun she’rning nasihatga yaraydigani va hikmatlisini tanlab, so‘zni
quvvatlash va
e’tiborni jalb qilishda qo‘llash lozim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «She’rda
hikmat bor», deganlar.
95
Agar majlisda qalblari Alloh sevgisiga to‘la kishilar bo‘lsa,
boshqa insonlar bo‘lmasa, zohiriy ma’nolari maxluqlarga dalolat qiluvchi she’rlarni
aytishning zarari yo‘qdir. Chunki tinglovchi har bir eshitganini qalbiga joylaydi. Bu haqda
hali «Simo’ – tinglash bobi»da keladi.
Junayd Bog‘dodiy o‘n nafarcha odamga gapirar edilar. Agar ular ko‘payib ketsa, suhbatni
to‘xtatardilar. Hech qachon u kishining majlislarida tinglovchilar
soni yigirmataga
yetmagan.
Ibn Solimning eshiklari oldida bir guruh odamlar to‘planishdi. U kishiga: «Ashobingiz
keldi. Ular bilan suhbatlashing», deyishdi. Ibn Solim: «Yo‘q, ular mening ashobim emas,
ular faqat majlis sohiblari bo‘lishlari mumkin. Mening ashobim xos kishilardir», deya
javob berdilar.
95. Imom Buxoriy rivoyati.
«Shath» lafzidan esa, ayrim so‘fiylar paydo qilgan kalomning ikki turini tushunamiz.
Birinchisi, Alloh taologa bo‘lgan ishq haqidagi uzundan-uzun da’volar va zohiriy
amallardan behojat bo‘lgan visoldir. Hatto bir guruh so‘fiylar Haqqa qo‘shilib ketgani,
o‘rtadan pardaning ko‘tarilgani, ko‘z bilan mushohada qilgani va xitob ila so‘zlashganini
da’vo qilishgacha borib yetgan. Ular,
bizga unday deyildi, biz bunday javob berdik,
degan so‘zlari bilan o‘zlarini shunday kalimalarni aytgani tufayli osilgan Husayn ibn
Mansur Xallojga o‘xshatadilar va uning «Anal Haq», degan so‘zini dalil qiladilar.
Shuningdek, Abu Yazid Bistomiyning «subhani, subhani», ya’ni, «men
ayb-nuqsondan
pokman», degan so‘zlarini keltiradilar. Bu turdagi so‘zlarning avom xalqqa katta zarari
bor. Hatto bir guruh dehqonlar o‘zlarining dehqonchiliklarini tark qilib,
shu kabi
da’volarni izhor qila boshlashdi. Chunki bunday so‘zlar inson nafsiga lazzat beradi. Zero,
bunday so‘zlardan kishi o‘zini buyuk maqomlarga erishgan deb hisoblab, nafsni poklash
amallaridan chekinadi.
Aqlsizlar bunday ichi po‘k, usti yaltiroq kalimalarni qabul qilishdan va ularni o‘zlari
uchun da’vo qilishdan tortinmaydilar. Qachon da’volari
inkor etilsa, ular: «Bu e’tirozning
manbai ilm va bahsdan kelib chiqqan. Ilm pardalidir, bahs esa, nafsning ishi.
Bunday
so‘zlar faqatgina Haqning nurini kashf etgan botindan keladi», deb aytadilar.
Bunday yomon da’volar butun o‘lkalarga yoyilib ketdi, avom xalqqa zarar yetkazdi. Hatto