H -
nur manbaining poldan balandligi;
θ -
nuqta o`rnashgan tekislikni pol sathiga nisbatan
og’ish burchagi, grad;
d –
nurning gorizontal soyasi, m;
YOrug’lik oqimi usulida hisoblashda, yuzani yoritish uchun zarur bulgan yoritgichlar soni
quyidagicha aniqlanadi.
N = E
m
· K
3
· S · Z / η · F
l
bunda,
E
m
– yoritilganlik me`yori, lk;
K
3
– zaxira koeff (1,3-1,5);
S
– yoritilajak yuza, m
2
;
Z
– yorug’likni notekislik koeff (1,1-1,15);
η –
yoritilgichlarni foydalanish koeffitsienti.
Bu erda,
a
va
b
– binoning buyi va eni, m.
h
- yoritgichning yoritilayotgan yuzadan balandligi, m
Yoritilganlikka bo’lgan asosiy talablar va yoritqichlar.
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik, ishchi-xodimlar salomatligiga zarar etkazmasligi
uchun u ko`zni zo`riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan
bulishi talab qilinadi. Korxonalarda yoritishga doir talablar quyidagilardan iborat:
-yoritish qurilmasi yorug’ligining spektral tarkibi quyosh yorug’liginikiga yaqin bo`lishi;
-bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi etarlicha bo`lishi
hamda gigiena talablariga mos kelishi;
-ish joyida to`g’ri tushadigan va qaytgan yorug’liklar bo`lmasligi;
-me`yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o`rnatilishi;
-xavfli ish o`rinlari yuqori darajada yoritilgan bo`lishi;
-yoritish qurilmalari xavfli hamda zararli omillar hisoblangan, ya`ni shovqin, elektr quvvati,
issiqlik chiqarish va yong’in chiqarish manbalari bo`lmasligi;
-nazorat o`lchash asboblari, xavfsizlik signalizatsiyasi ishonchli va uzluksiz yoritilishi;
-yoritilish bir tekis va turg’un bo`lishi, soyalar hosil qilmasligi kerak. Aks holda inson
ko`zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o`zgarib turishi natijasida, ko`rish organlarining
toliqish holati ro`y beradi. YOritgich lampalari yorug’lik tarqatish xususiyatiga ko`ra uch sinfga
bulinadi:
- to`g’ridan-to`g’ri nur tarqatuvchi;
- nur yoyuvchi;
- nur qaytaruvchi lampalar.
a) To`g’ridan-to`g’ri nur tarqatuvchi lampalar sinfiga, quyi yarim aylanasi bo`ylab o`z
nurining taxminan 90% ni tarqatadigan lampalar kiradi.
b) Nur yoyuvchi lampalar o`z nurlarini yuqori va quyi aylanalar o`rtasida taqsimlashga
asoslangan bo`lib, umumiy nurni yuqori va quyi sfera buylab tarqatadi hamda har qanday soyalarga
barham berib, yorug’likni bir tekisda tarqatish imkoniyatini beradi. Bunday lampalar ship va
devorlari yorug’lik qaytarish xususiyatiga ega bulgan binolarga o`rnatiladi.
v) Nur qaytaruvchi lampalarda asosan 90% dan ko`proq nur yuqori sferaga yo`naltiriladi va
yoritish asosan qaytgan nur hisobiga amalga oshiriladi. Bunday yoritgichlar, soyasiz yumshoq va
mayin yoritishni ta`minlab, asosan muzey, teatr binolarida qo`llaniladi.
g) YOng’in va portlash xavfi bulgan binolarda maxsus lampalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: