Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
4. Muhtojlar kelganda, hech qachon eshikni yopib olmaslik va tashrifchilarni qabul
qiluvchi hojib (maxsus xodim) tutmaslik.
Umar ibn Xattob bir qo‘llarida darra, ikkinchi qo‘llarida
adolat shamshirini mahkam
tutib, idora etganlari bois u zot nohaq biror kishiga zulm yetkazmadilar, noo‘rin
jazolamadilar. Aksincha, gunoh ish qilgan kimsa o‘zining boyligi, nasl-nasabi,
martabasiga qaramay, xalifaning dargohlaridan qochib qutula olmadi.
Hazrati Umar (r.a.) amaldorlar pora olishmasin, deb ularni biror yerga ishga
yuborishdan oldin barcha mol-mulkini hisobga oldirardilar. Oradan vaqt o‘tgach,
ana shu
mulkni taftish qilib, tekshirtirardilar. Agar tekshiruvda mulk avvalgisidan ko‘proq chiqib
qolsa, ortiqchasini davlat xazinasiga – Baytul-molga oldirib qo‘yardilar. Masalan, Kanona
arablari huzuriga zakot omili (yig‘uvchi) bo‘lib borgan Utma ibn Abu Sufyon Madinaga
qaytib kelganida, uning ortiqcha mol-mulki Baytul-molga qo‘shib olingan. Uning «Men
buni
savdogarchilik qilib, halol yo‘l bilan ko‘paytirganman», degan bahonalari ham
inobatga o‘tmagan.
Shuningdek, Umar ibn Xattob (r.a.) Xolid ibn Validning Ash’as ibn Qaysga o‘n ming
dirham mukofot berganlarini eshitib qolib qattiq g‘azablandilar. Xolid ibn Validni
vazifasidan bo‘shatdilar va barcha pulni xazinaga musodara qilib olib qo‘ydilar.
Keyinchalik Usmon ibn Affon davrlarida xazina molini o‘z manfaati yo‘lida tasarruf qilib,
ba’zi amaldorlarni mukofotlar evaziga o‘z tomoniga og‘dirib olgan Muoviya kabi zotlar
ham hazrati Umar davrlarida bunday yaramas ishlarga qo‘l urishga botina olmagan
edilar.
Hazrati Umar (r.a.) qo‘l ostilaridagi voliylarga xalq
orasida adolatni mahkam
ushlashga, katta-kichik, boy-kambag‘al, aslzoda-oddiy fuqaro orasini ayirmasdan,
hammaga bir tekis ko‘z bilan qarashni buyurdilar. Qaysi bir o‘lkadan elchi yoki
shikoyatchi kelsa, eng avvalo voliylar haqida so‘rar edilar: «Kasallaringizni borib
ko‘radimi? Qullarni ziyorat etadimi? Zaif, bechoralarga yumshoqlik bilan muomalada
bo‘ladimi? Muhtoj, nochorlar holidan xabardormi? Shikoyatchilar,
hojatmandlar uchun
eshigi doimo ochiqmi?» degan savollarni berardilar. Agar biror savolga «yo‘q» degan
javob olsalar va bu dalil tekshirib ko‘rilganda isbotini topsa, o‘sha voliyning holiga voy,
deyavering, u to‘xtovsiz ishdan bo‘shatilardi. Hazrati Umar adolat buzilmasin, degan
maqsadda dalillarini juda mukammal tekshirtirardilar. Agar tekshiruv natijasi voliyni
bo‘shatishni
taqozo etsa, qanday martabali kishi bo‘lmasin, uni vazifasidan to‘xtovsiz
olib tashlardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: