www.ziyouz.com
kutubxonasi
30
Х
adicha onamiz bu kurashda sabr-toqat, sabot bilan turar edi. Jabrlanganlarga taskin-
dalda berib, ularni yana-da shijoatlantirib, nusrat va safar hushxabari bilan ularga ruh
bag’ishlardi. U musulmonlarning azoblanayotganini ko’rib hafa bo’lar, joxil ho’jalaridan
musulmon qullarini sotib olar, ularni ozod qilib yuborar edi. Qurayshliklar uning tijorat
ishlarini ham siqib qo’yishdi. Ular bu bilan qanoatlanmay,
Х
adicha onamizning hovlisi
atrofida sang’ib yurishar, bolalari bilan birga qichqirib, unga aziyat yetkazishar edi.
Rasulullohni ham masharalab, ko’ngillariga ozor berishardi. Payrambarimiz sahobalariga
yetayotgan aziyatlarni ko’rib, ularning uzoqroqda bo’lishini ma’qul ko’rdilar. Mo’minlarni
Habashiston yurtiga hijrat qilishga buyurdilar.
Х
adicha onamiz bu amrdan juda hursand
bo’ldi. Safar jihozlarini tayyorlashda ularga yordam ko’rsatdilar. Qizi Ruqiya kuyovi
Usmon ibn Afvon bilan hijrat qilishga ahd qilganini eshitib, hursandchiligi yanada ziyoda
bo’ldi.
— Ey Usmon, Alloh sizlarga baraka bersin. Sog’-salomat yetib boringlar.
Т
oki Allohning
izni bor ekan, biz shu yerda yashab turamiz.
Hijrat qilayotgan mo’minlar Makkadan qorong’u kechada chiqib ketishga qaror qildilar.
Х
adicha onamiz ularni duo qilardi. Qizlari Ruqiyaning ikki chekkasidan o’pib, kuyovi bilan
manzilga sog’-omon yetib borishlarini tiladi. Ular ko’zdan g’oyib bo’lgunlaricha ortlaridan
qarab qoldi. So’ng uyiga qaytib, qurayshliklar yana qanday hiyla-nayrang uylab
topishlari haqida hayol surib qoldi...
20-FASL. QAMAL
Muhojirlar dengiz sohiliga yetib kelishdi.
Т
ezroq biror kema kelsa-yu, jo’nab ketishsa.
Qurayshliklar ortimizdan ta’qib qilmasin deb, qarab-qarab qo’yishardi. Nihoyat, ular
kemaga minib jo’nab ketishdi. Bundan xabar topgan Quraysh ahli ularga yetib olishga
shoshildilar. Ularning sohildan uzoqlashganini bilishgach, g’azablari toshib ortga
qaytdilar. "Biror yo’lini qilishimiz kerak? Nimani kutyapmiz?" deb ayyuxannos sola
boshlashdi. O’zaro maslahatga yig’ilishdi. Ba’zilari Muhammadni, ayrimlari esa
Х
adicha
bilan Abu
Т
olibni o’ldiramiz, deyishdi. Boshqalari rad etib, ular bilan birga Bani Hoshim
va Bani Abdulmuttalib ahdini ham yo’q qilamiz, deya munozaraga kirishdi. Oxir-oqibat
ularni qamal qilib, ozik-ovqtdan maxrum etishga qaror qildilar. Ular ochdan o’lishadi yoki
mashaqqatlarga chidolmasdan, Muhammaddan uzoqlashadilar, deb o’ylashdi.
Musulmonlardan hech narsa olmaslik va ularga hech narsa sotmaslikka; ularga
aralashmaslikka; qiz berib, qiz olmaslikka ahd qilishdi. Bu haqda boshqalarga ham
maktub bitib, xabar qilishdi. Keyin bu maktubning bir nusxasini Ka’ba devoriga osib
qo’yishdi. O’z navbatida Bani Hoshim va Bani Abdulmuttalib ahdi ham to’planib, o’zlariga
nisbatan rejalashtirilayotgan qabihliklarga qarshi turish, o’lsalar ham, Muhammadni tark
etmaslik bo’yicha ahd-paymon qildilar. Ular kofirlardan ajralib, bir vodiyda alohida
yashay boshladilar.
Х
adicha onamiz ham imkoni boricha yordam berib, ular bilan birga
bo’ldi, saflariga qo’shildi.
Qurayshliklar bozor kezishardi. Ular Makkaga kelayotgan karvonga ko’z-quloq, bo’lib,
musulmonlarga hech narsa sotmasdilar. Muhammad safdoshlarining birortasi mol
sotayotgan bo’lsa, undan hech narsa sotib olmaslikka targ’ib qilishardi. Ularni mashara
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
Do'stlaringiz bilan baham: |